32

1 oydan so‘ng – oziq-ovqat mahsulotlari va meva-chevalar narxi arzonlashadi. Asosiy xaridor yo‘qligi sababli bozor mahsulotlar bilan to‘yinadi.

2 oydan so‘ng – Restoran-to‘yxonalar yopila boshlaydi.

3 oydan so‘ng – avtomobillarning narxi tushadi. Sababi -bozor endi hech kimga kerak emas Gelendvagen va Rendj Roverlar to‘lib ketadi.
Yarim yildan so‘ng – ayollar orzu-havas qilishni to‘xtatishadi va nihoyat o‘zlari uchun maroqli va foydali ishlar bilan shug‘ullanishadi.
Bir yildan so‘ng – O‘zbekistonliklar jamg‘arilgan pullarni qanday qilib sarf etish haqida o‘ylab qolishadi va sayoyehat qiluvchilar soni ko‘payadi.

1,5 yildan so‘ng – aholi talabgor bo‘lgani sababli, tovarlar sifati yaxshilanadi. Chunki endi odamlar birovning to‘yiga sovg‘a uchun emas, balkim o‘zlari uchun sotib olishadi.

2 yildan so‘ng – iqtisodiyotda ma’lum darajada o‘sish buladi. To‘ylarga ixtisoslashgan tadbirkorlar endi aholi va davlatga foydali yangi biznes turlarini ochishadi. Tirikchilik qilishlari kerak-ku.

3 yildan so‘ng – oxirgi fanogrammachi (ko‘shiqchi) yo‘qoladi.

5 yildan so‘ng – tadbirkor ayollar soni oshadi. Endi diplom sovchilar uchun emas.

10 yildan so‘ng – ajrashishlar soni eng past darajagacha kamayadi. Chunki anchadan beri ko‘rsin-ko‘rsin uchun nikoh qurilmaydi.

50 yildan so‘ng – ota-onalar farzandlariga ajabtovur hikoyalarni aytib berishadi: avval shunday marosimlar bo‘lardiki, 500 ga yaqin notanish insonlarni mehmonga chaqirib, yedirib ichirar edik

Ijtimoiy tarmoq materiallari asosida tayyorlandi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …