35

O‘zbekistonda har yili maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan ko‘rik-tanlov 1 aprel kunidan boshlanadi.

Tanlovning asosiy maqsadi – Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich maktablar miqyosida 1 apreldan 10 aprelga qadar o‘tkaziladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilar uchta fan bo‘yicha www.matfiz.uz saytida onlayn-test topshiradilar: matematika, fizika va informatika. 80 va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar ikkinchi bosqichga yo‘l olishadi.

Ikkinchi mintaqaviy bosqichda birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda amaliy masalalarni yozma topshiradilar. 75 va undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar final bosqichiga yo‘l olishadi. Ikkinchi bosqichning o‘tkazilish sanalari qo‘shimcha tarzda tanlov saytida e’lon qilinadi.

Uchinchi final bosqichi iyun oyida Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda amaliy masalalardan yozma ish topshiradilar.

Tanlovning uchinchi final bosqichi sovrindorlari «Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari» nomli mukofot (statuetka)ni qo‘lga kiritishadi. Shuningdek, birinchi o‘rin sohibi eng kam oylik ish haqining – 100 baravari, ikkinchi o‘rin – 75 baravari va uchinchi o‘rin – 65 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining

2018 yil “ 29 ” yanvardagi 24/3-con ,

Xalq ta’limi vazirligining

2018 yil “29” yanvardagi 5-son qo‘shma qaroriga ilova.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, informatika fanlaridan integratsiyalashgan ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi va qoidalari

l.Tanlovning asosiy maqsadi

1.1. Tanlovning asosiy maqsadi – Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash,uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart- sharoitlar yaratishdan iborat.

1.2. Tanlovning rasmiy sayti- www matfiz.uz. Mazkur sayt orqali tanlov tashkil etiladi va u bilan bog‘liq barcha axborotlar hamda tashkiliy jarayonlar keng yoritib beriladi.

1.3. Onlayn test – tanlovning rasmiy sayti www: matfiz.uz.ga joylashtirilgan test sinovlari orqali iqtidor egalarini aniqlab olish.Tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilangan vaqt oralig‘ida o‘quvchilar onlayn test sinovlarini topshirishga ruxsat beradi.

ll.Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish

2.1. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-11 sinflarining iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

2.2. Tanlov matematika, fizika,informatika va axborot texnologiyalari fanlari integratsiyalashgan holda saralash asosida o‘tkaziladi.

2.3. Tanlovda ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:

Tanlovda ishtirok etishni istagini bildirgan o‘quvchilar tanlovning www:matfiz.uz.saytida har yili ro‘yxatdan o‘tadilar. Tanlovning shartlari va o‘tkazish bosqichlari bilan tanishgandan so‘ng ishtirok etish xuquqiga ega bo‘ladildar. Tashkiliy qo‘mita tomonidan saytning ommaviy “Ishtirokchilar” bo‘limida avtomatik tarzda chop etadi va tanlovning bosqichlarida ishtirok etish uchun tavsiya beradi.

lll.Tanlovning bosqichlari va o‘tkazish tartibi

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.

3.1. Birinchi bosqichda – Respublika hududlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida olimpiadaning rasmiy saytiga kirish orqali onlayn test sinovidan o‘tkazish orqali iqtidorli o‘quvchilar saralab olinadi.

Mazkur bosqichda ishtirokchilar tegishli yilning 1 aprelidan 10 apreliga qadar tanlovning rasmiy saytiga joylashtirilgan onlayn test tizimi orqali o‘z bilimlarini sinaydilar. Onlayn test natijalari real vaqt davomida 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan matematika, fizika,informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda joylashtirilgan 30 ta (har bir fandan 10 tadan) test savollaridan kamida 80 ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov rasmiy saytining “Birinchi bosqich g‘oliblari”bo‘limida z’lon qilinadi.

Birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ikkinchi bosqichga taklif qilinadi.

3.2. Ikkinchi (mintaqaviy) bosqichda – birinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar matematika, fizika,informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda 9 ta (har bir fandan 3 tadan) amaliy masalalarni yozma topshiradilar.

Ikkinchi bosqich tegishli yilning may oyi ikkinchi o‘n kunligida Muhammad ad-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va uning Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va Nukus shaharlaridagi filiallarida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqich barcha hududlarda bir vaqtda o‘tkaziladi va uning sanalari haqida birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilarga tanlov sayti orqali oldindan xabar beriladi. Ishtirokchilar mazkur hududlardan o‘zlariga qulayini tanlash imkoniga ega bo‘lib, unda ishtirok etishi uchun shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ,shuningdek, tegishli umumiy o‘rta maktab tomonidan berilgan (surati yopishtirilgan va muhr urilgan) ma’lumotnoma bilan ishtirok etishlari talab etiladi.

Mazkur hujjatlar ko‘rsatilmaganda yoki qalbakilashtirilgan hujjatlar aniqlangan taqdirda tashkiliy qo‘mita ularni ikkinchi bosqichga kirititilmaslik huquqiga ega. Ikkinchi bosqich natijalari bo‘yicha Muhammad ad-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va uning Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va Nukus shaharlaridagi har bir filiallarida yozma bayonnomalar tuziladi. Unda ishtirokchilarning yozma ish natijalari ko‘rsatiladi.

Ikkinchi bosqich ishtirokchilari to‘plagan ballari 100 ballik reyting tizimi asosida hisoblanadi. 75 ball hamda undan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar uchinchi final bosqichiga tanlov rasmiy saytining ”ikkinchi bosqich g‘oliblari” bo‘limida e’lon qilinadi va uchinchi final bosqichiga taklif qilinadi.

3.3.Uchinchi final bosqichi – iyun oyining uchinchi o‘n kunligida Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqich bir kun ichida o‘tkaziladi va uning aniq sanalari haqida ikkinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilarga tanlov sayti orqali oldindan xabar beriladi. Uchinchi final bosqichida -ikkinchi bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan integratsiyalashgan holda ishlab chiqilgan amaliy masalalar bo‘yicha 15 ta (har bir fandan 5 tadan) yozma ish topshiradilar. Mazkur bosqich ishtirokchilari orasidan yozma topshiriladigan amaliy masalalarga tizimli ravishda to‘g‘ri yechimni taklif qilgan o‘quvchilar to‘plagan ballari bo‘yicha shaffof va adolatli reyting asosida kamayib borish tartibida hisoblab chiqiladi va saralanadi.

Ishtirokchilarning birinchi va ikkinchi bosqichda erishgan natijalari hisobga olinmaydi.

3.4. Eng yuqori ball to‘plagan 6ta ishtiokchi sovrindor hisoblanadi. (Agar 6-o‘rinni olgan ishtirokchi to‘plagan ball bilan keyingi ishtirokchi to‘plagan balli bir xil bo‘lsa, sovrindorlar soni o‘zgarishi mumkin).

Tanlov finali sovrindorlarining ro‘yxati saytning “Final-Toshkent sh.” va “Taqdirlash taxtasi” bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash.
Tanlov sovrindorlarini taqdirlash Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi.Tanlovning uchinchi final bosqichi sovrindorlari “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofot (stauetka) hamda tegishli miqdordagi pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi. . Tanlovning uchinchi final bosqichi sovrindor qatnashchilari quyidagi miqdorda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:

1 ta birinchi o‘rin – O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining

100 barobari miqdorida ;

2 ta ikkinchi o‘rin -O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining

75 barobari miqdorida;

3 ta uchinchi o‘rin – O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining

60 barobari miqdorida;

Shuningdek, ular Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz ta’lim markazi tomonidan ingliz tilidan bepul o‘qish huquqini beruvchi yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Muhim.
Ishtirokchilar mintaqaviy va final bosqichlarida qatnashish mobaynida tanlovni o‘tkazish joylaridan tashqarida va yo‘lda xavfsizligi uchun o‘zlari ma’suldirlar, yo‘l xarajatlari, yashash sharoitlari va ovqatlanish kabi xarajatlarni o‘z hisoblari tomonidan qoplaydilar.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlov jarayonida qalbaki,soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlarni hamda hujjatlarni taqdim qilgan ishtirokchilar tanlovdan chetlashtiradilar.

Tashkiliy qo‘mita uchinchi final bosqichida tanlov doirasida nizolarni adolatli ko‘rib chiqish uchun appelyatsiya guruhini tuzadi. Appelyatsiya komissiyasi final bosqich natijalari e’lon qilingandan keyin tanlov qatnashuvchilarining shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqadilar.

http://www.matfiz.uz sayti asosida tayyorlandi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …