18

1-bilet
1. Gipоfiz bezi garmоnlari va ularning оrganizmga ta’siri nimalardan ibоrat?
Gipofiz bezi no’xatsimon, massasi 0,5—0,6 g ga teng bo’lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla
suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo’lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa
bo’laklar. Gipofizning oldingi bo’lagidan somatotrop va boshqa xil gormonlar ajraladi. Bu gormon bolalar va
o’smirlarning o’sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba’zi sabablarga ko’ra,
bolalar va o’smirlarda bu gormon ko’p ishlab chiqarilsa, bo’y me’yoridan ortiq o’sib ketadi. Bu holatga gigantizm,
bunday odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo’y o’sishi sekinlashadi, bunday
holga nanizm deyiladi Bunday bo’yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo’yi past bo’lsa ham aqli y
faoliyati normal bo’ladi. Bo’y o’sishi to’xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko’p ishlab chiqarilsa,
akromegaliya kasalligi sodir bo’ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo’l va oyoq panjalarining hajmi
kattalashadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini
tartibga soluvchi hukmron bez bo’lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya’ni oraliq
miyada joylashgan giрotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.

2. Epiteliy to‘qimasining mikrоpreparatini mikrоskоpda kuzatish va uni jadval yoki rasmdagi epiteliy
to‘qimasi bilan taqqоslash.
Zarur asbob va jihozlar: mikroskop, epiteliy, nerv to’qimasining tayyor doimiy mikropreparati, shu
to’qimalarga tegishli rasmlar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Mikroskop ish holatiga keltiriladi.
2. Epiteliy to’qimasining mikropreparati mikroskopda ko’riladi va jadval yoki rasmda
tasvirlangan epiteliy to’qima bilan taqqoslanadi.

 

Qo’llanma haqida umumiy ma’lumot

Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Fon Formati Sifati
8 Biologiya 676 kb 24 bet Tepada Oq, reklamalar mavjud .pdf A’lo darajada

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …