48

1-bilet

  1. Biologiya fanining asosiy maqsad va vazifalarini tushuntiring ?

Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi. Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi noyob o‘sim liklar va hayvon turlarini mu hofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi xususiyat li mikroorganizm shtammlarini yara tish, insoniyatni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammo larni hal etish biologiyaning rivojiga bog‘liq.

  1. Hayotning populatsiya darajasining o’ziga xos jihatlari nimada

Populatsiya – tur areali ma’lum hududni egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan yoki boshqa populatsiyalardan nisbatan alohidalashgan, bir turga kiruvchi organizmlar guruhi. Populatsiya doirasida organizmlar oila, gala, poda bo‘lib yashaydilar. Lekin ular turg‘un holatda bo‘lmay, tashqi muhit ta’sirlari ostida tarqalib ketishi yoki bir-biri bilan qo‘shilib ketishi mumkin. Turning arealda egallagan joyiga qarab unda populatsiyalar soni har xil bo‘ladi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populatsiyalar soni ko‘p, tor arealda tarqalgan turlarda populatsiyalar soni kam bo‘ladi. Har xil turga kiruvchi populatsiyalar bir-biridan, avvalo, egallagan areali hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o‘simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog‘liq. Тоk shilliqqurtining harakatlanish radiusi bir necha o‘n metr bo‘lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho‘ziladi. Populatsiyadagi individlar soni ham turlicha bo‘ladi. Ayrim hasharotlarning populatsiyalari yuz minglab, hatto millionlab individlardan iborat bo‘lsa, ayrim populatsiyalarda individlar soni juda oz bo‘ladi. Masalan, Uzoq Sharqda tarqalgan yo‘lbars populatsiyasi 300–400 ta individdan iborat.

3.K.Linniy ta’limotini gapirib bering.

Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, ma’lum bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarini

guruhlash ehtiyoji tug‘ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707–1778) shug‘ullandi

U 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsifl ab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni

turkumlarga, turkumlarni sinfl arga birlash tiradi. K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko‘p sohalari hali rivoj lanmagan edi. Shu sababli K. Linney o‘simlik va hayvonlarning ayrim belgi larigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzishga muvoff aq bo‘ldi. U barcha o‘simliklarni changdonlari soniga, changli iplarning uzun-qisqaligiga va birla shishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzilishiga ko‘ra 6 sinfga bo‘ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo‘lgan organizmlar boshqa-boshqa sinfl arga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K.Linney o‘simlik va hayvon turlari o‘zgarmaydi, degan fi kr bildirgan. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo‘lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atrofl icha o‘rganishga imkon berdi. K. Linney ishlaridan so‘ng botanika, zoologiya fanlari tez sur’atlar bilan rivojlandi.

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

 

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …