125

              Assalom   alaykum ! Ey  moviy  osmon.: 

           Ey  mening    muqaddas    beshigim  vatan.

           Meni    porloq  kunlar  chorlagan  zamon

           Dunyoga  ochilgan, eshigim  vatan.

           Yurt kezib sog’insam   tuproq  gardini.

            Sog’inchimdan  ko’zi  yoshlangan  vatan .

            Mening  yuragimda tutashib  yo’li.

            Mening  ostonamdan boshlangan  vatan.

                                      Onamsan ,   otamsan, neki  ulug’  bor.

                                       Sening  noming   bilan  aytilar vatan.

                                          Bu  dunyoga  kelib senga  kelinar.

                                          Va  bir kun senga  qaytilar  vatan.

                                          Mening  ilk   salomim   alik  olganim

                                          Ilk  bor  qadamimni  qutlagan  makon

                                          Sevgi   izhorimdan entikkan  yurak,

                                          Mening   muqaddasim  ey,   O’zbekiston.

Feruza:  Assalomu   alaykum  hurmatli  ustozlar va  o’quvchilar “  Buyuk  va  muqaddassa, mustaqil  vatan”  shiori  ostida  tashkil   etilgan” Hilpira   bayrog’im, hilpira  mag’rur!”  deb  nomlangan  tadbirimizga  xush  kelibsiz.

Oysanam:  Har  qanday   davlat  suverentlik   maqomiga  ega   bo’lishi  uchun  uning  muqaddas   timsollari, bayrog’i, madhiyasi ,  gerbi  va   milliy   valyutasi   bo’lishi   lozim.  Bu  muqaddas  timsollar  davlatning  millim   bayramlarida ,  davlatlararo  yuqori   martabali  tashriflarda,  shuningdek,  mamlakat  sportchilari  xalqaro  musobaqalarida   g’oliblik   shohsupasiga   chiqqanlarida  ko’tariladi,  yangraydi.

Feruza: O’zbekistonimizning   muqaddas   timsollaridan   uning  Bayrog’i va   Davlat   Gerbi  mamlakatning    rasmiy  dargohlarida   ham   doimiy  o’rnatilgan  bo’ladi.

     “ Davlat  bayrog’i –   xalqning  shon – sharafi,  g’ururi.  Bayroqni   qadirlash  va  e’zozlash  o’z  mamlakatiga  va  shaxsan  o’ziga   bo’lgan   ishonchni   mustahkamlash  demakdir”  deb   ta’kidlaganlar  yurtboshimiz  I.A .Karimov.

 Oysanam:  Davlat   ramzlarini   hurmat  qilmay   turib ,  biz   xalqimizning  millat  sifatidagi  o’rni  O’zbekistonning   butun  jahon  mamlakatlaridan  biri   ekanligini     idrok  qila  olmaymiz. Endigi  navbatni  ajoyib  bir  raqsga   bersak.

Feruza:O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  Bayrog’I  to’g’risidagi  qonun  1991- yil  18-noyabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy   kengashining   navbatdan  tashqari  o’tkazilgan  VII    sessiyasida   qabul  qilingan.

Oysanam:Davlat  bayrog’I    va   uning  ramzi  bugungi   O’bekiston  sarhadida  qadimda   mavjud  bo’lgan  davlatlar  bilan   milliy  ma’daniy   aloqalari ,  an’analarini   o’zida  mujassamlashtiradi. Agar  siz   bayrog’imiz   bilan  sirlashmoqchi   bo’lsangiz,   undagi   ranglarni   tabiatdan  izlang . Bularni   o’quvchilar   ishtirokida  tomosha   qilamiz.

Feruza:O’zbekiston   Respublikasining     Davlat   bayrog’i   tog’risidagi  qonuni.

1- modda: O’zbekiston  Respublikasi  Davlat   Bayrog’ining  sxematik  va   rangli  tasviri   tasdiqlansin.

Oysanam:  2- modda: O’zbekiston  Respublikasining   davlat  Bayrog’i

Respublika   Davlat   suverenitetining   ramzidir.

Endigi   navbat   moddalarga.

   Endigi   navbat  ajoyib   bir  raqsga.

Feruza:Endigi  navbatni   bayroq    haqidagi   she’rlarga .

              Ajdodlar  qadridan  qad   rostlagan  yurt.

               Chindan   vatan    bo’ldi   mamlakat   bo’ldi.

               Orziqqan  u   kunlar   bo’lgaymi   unut?!

               Erkka   erishmoqlik   alomat   bo’ldi.

                                      Azizim, ulug’im-shonim   o’zbegim 

                          Dovrug’ing   yoyilgan   qitalar  osha 

                          Bag’rim   butun   bo’ldi –  qaytdi   o’zliging

                                      Qadringni   qadrlar  qalbi  quyoshlar.

                 Ko’z   surtgay  buyugim ,  hoki  poyinga

                 Shoxsupa   sahnidan  bo’ylagay  Bayroq.

                 Dunyoga  mashalsan  turgan   joyingda

                 Fuqaro  yo’q   axir   mendan   ham  bayroq.

 

Oysanam: Men   uchun   vatan   bu   moviy  osmondir

                   Gullagan  chamandir go’zal   bo’stondir.

                   Bayrog’ini  o’pib  maqtansam   arzir.

                    Nomi  ham  jarangdor  O’zbekistondir.

                              Bo’lolsam   qaniydi  munosib   farzand.

                               Uning   bo’ylaridek   orzuim   baland.

                                Koriga   yarasam  jon  qizim  deya.

                                Qilmoq  niyatim  bor  onamday  xursand.

                    Dunyoga  taratay  aziz  nomini

                     Oqlamoq  kerak-ku  tuz-u  nonini.

                     Davom  ettirgaydir, barkamol  avlod.

                      Buyuk   ishlari-yu   buyuk   shonini.  

 Feruza: 

     Keling  azizlar   zamonamiz    yoshlarining   orzulariga   quloq   tutsak.

Oysanam:Mana   mustaqil  yurt   O’zbekiston   Respublikasi   bayrog’i,

Gerbi  va  madhiyasi   haqida   qimmatli   ma’lumotlarga   ega   bo’ldingiz. Davlatimiz   ramzlari   g’ururimiz   va   faxrimizdir.  Yurtboshimiz  ham  o’z   nutqlarida    Davlat  ramzlariga   hurmat   hissida   bo’lishimizni   ta’kidlaydilar.

Feruza:  Darhaqiqat,  Davlat   ramzlarini  hurmat   qilmay   turib,  biz  o’z   xalqimizning  millat  sifatidagi   o’rnini ,  O’bekistonning   jahon  hamjamiyatidagi   nufuzini   to’laligicha   idrok   qilolmaymiz. Shuning   uchun   ularga   hurmat   hissi   har   birimizning   qalbimizda,  yuragimizda   bo’lishi  lozim.

Chunki  ular  mustaqil  O’zbekistonning  yorqin   timsollari   bo’lib,  bugunimiz ,  ertamiz   va   buyuk   kelajagimiz    uchun   xizmat   qilajak.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …