168

1 – boshlovchi:

– Jahonda eng baxtlilarning biriman.

Men elimning qomusini kuylayman

Go‘zal yurtim, iftixorim – Vatanim.

Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!

Hur elimning dovrug‘i bor tillarda,

O‘zbekiston madhiyasi dillarda.

Ozod bayroq hilpiraydi qo‘llarda,

Doston bo‘lgan baxtimizni kuylayman

 

2 – boshlovchi:

-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning ___ yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga ega bo‘lib turibmiz. Bayramga bag‘ishlangan tadbirni, marhamat, tomosha qiling.

(Sahnaga bir guruh bolalar chiqishadi va bir qatorga tizilishadi. Qo‘llaridagi harflar yordamida “Baxt”, “Qomusimiz” so‘zlarini hosil qiladilar. Ular she’r o‘qiydilar. Harflar tilga kiradi.)

 

 

Baxtiyorman hur elimning

Adolatli shioridan,

Xalqim dildan ulug‘lagan,

Tafakkuri, qaroridan.

Qoyil qolsin ro‘yi zamin,

Odillikdan, adolatdan.

Mana, ko‘ring, havas qiling,

Unib o‘sgan hidoyatdan.

Saodatli elga baxt yor,

Iymonu e’tiqodim bor.

Munisgina onam kabi,

Istiqlolim baxtimga yor.

 

Hamma: Zavol ko‘rmas iqbolim bor!

1 – boshlovchi: – Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,

Nurli yo‘lga boshlaguvchi ahdim bor.

Fidodirman toki tanda qonim bor,

Men elimning Qomusini kuylayman!

(Ijrochilarning nomlari e’lon qilingan holda navbat Vatan haqidagi qo‘shiq va milliy raqsga beriladi.)

1 – boshlovchi: -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g‘urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.

2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan.

-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?

(O‘quvchilar faxr bilan Qomusimiz haqida bilganlarini bayon etishadi)

1 – o‘quvchi: – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim va 26 bobdan iboratdir.

2 – o‘quvchi: – 2003 yil 24 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan.

3 – o‘quvchi: – Fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Qomusimizning 2 – bo‘lim, V , VI, VII, VIII, IX, X, XI boblarida bayon etilgan.

4 – o‘quvchi: – Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim ilm olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb yozib qo‘yilgan

5 – o‘quvchi: 65 – moddada: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deya belgilab qo‘yilgan.

  • boshlovchi: Bolalar, men juda xursand bo‘ldim. Sababi, aziz Qomusimiz haqida yetarli ma’lumotga egasiz. Bundan keyin ham o‘qish, o‘rganish sizning bosh maqsadingiz bo‘lsin!
  • boshlovchi: – yana sahnaga bayram qatnashchilaridan bir guruhini taklif etamiz.

1 – o‘quvchi:

Iymonli elimning baxtli farzandi,

Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.

Farovon zamonam porloq dilbandi,

Hamma birgalikda: Baxtliman  buyuk        Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

2- o‘quvchi:                   Mustaqil diyorimni himoya etgan,

Dono hur fikrlari jahonga yetgan.

El – yurt qalbidan g‘uborlar ketgan

Hamma birgalikda:   Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan

3 – o‘quvchi:                  G‘amxo‘rdir Vatanim bizga mehribon

Baxtimizga baxt qo‘shar erkin, farovon.

Kelajagim porloq, yo‘lim nurafshon,

Hamma birgalikda:        Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

4 – o‘quvchi: –               Har tomon uzatsam yetar qo‘llarim,

Istiqbolga yuz tutgan o‘ngu so‘llarim.

Nurlarga ko‘milgan oydin yo‘llarim,

Hamma birgalikda: – Baxtliman  buyuk Qomus sharofatidan,

Istiqlolim yo‘l ochgan adolatidan!

(Bolalar ta’zim qilib chiqib ketadilar. Sho‘x musiqa sadolari ostida o‘quvchilar raqsga tushadilar)

2 – boshlovchi: –            Huquqimiz bayon etguvchi,

Har moddasin bilib olsak bas

Bizni doimo himoya etar,

U barchaga birday muqaddas.

1 – boshlovchi: –             Bolalar bor: oq, sariq, qora,

Lekin qalbi  toza beg‘ubor.

Ular dili orzuga to‘la,

Gard qo‘nmasin, qo‘nmasin zinhor!

Jajji qalblar intilar tinmay

Poyoni yo‘q koinot tomon.

Yuragiga o‘kinch tushmasin,

Kelajagi bo‘lsin hur zamon.

(Vatan haqida qo‘shiq ijro etiladi)

2 – boshlovchi: – Azizlar! Konstitutsiya kitobi bilan uning hamrohini ham bayramimizga taklif etganmiz. Mehmonlarni kutib oling.

(Sahnaga Konstitutsiya kitobi va uning hamrohi tashrif buyurishadi)

Konstitutsiya kitobi:

 

– Men baxtnoma kitobman,

Aql hamda idrokman.

Kimki meni o‘qisa,

Manguga men hamrohman.

Yo‘l ko‘rsatib charog‘on,

Sizni qilay farovon!

 

 

1 – o‘quvchi: –

 

Sendan topdim baxtimni,

Huquqimni ahdimni.

Yo‘lim nurafshon bo‘ldi,

Ko‘nglim zavqlarga to‘ldi.

Sahifangni o‘qisam,

Asarlar bor biz uchun.

Kelajak himoyangda,

Bundan ortiq baxt qayda?

 

 

Konstitutsiya kitobi:

 

-O‘qib olsang kundan – kun,

Fikring bo‘ladi durkun.

Huquqlaring bilib ol,

Hayotda yur bemalol!

A’lo bo‘lsang har ishda,

Dono bo‘lsang yumushda,

Bilginki, sen ustivor!

Gaplarimni unutma,

Vaqt o‘tadi, sen kutma!

O‘qi, bedor bo‘lsang ham,

Hayotda bo‘lmaysan kam.

 

 

2 – o‘quvchi:

 

– Haq gaplaring muloyim,

Esdan chiqmaydi doim.

Qo‘limdan hech qo‘ymayman,

O‘qiyverib to‘ymayman!

Hamrohimsan, baxtimsan,

Ko‘nglimdagi ahdimsan!

 

 

3 – o‘quvchi:

 

-Iqbolimiz ko‘zlagan,

Adolatdan so‘zlagan.

Bu bizning “Baxtnomamiz”,

Yayrab undan qonamiz!

Baxtimizga yo‘l ochgan,

Iqbol urug‘in sochgan,

Qomusimiz bir jahon,

Dovrug‘i bo‘lsan doston!

 

O‘quvchilar jo‘rligida:

– Mo‘tabar ona – Vatan,

Sadqa bo‘lsin jonu – tan,

( Musiqa davom etadi. Milliy sho‘x raqslardan biri ijro etiladi)

1 – boshlovchi: – Aziz o‘quvchilar, muhtaram ustozlar, hurmatli ota – onalar, qadrli mehmonlar! Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Qomusining ______ yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirimiz ham o‘z  nihoyasiga yetdi. Sizlarni yana bir bor qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etamiz.

2 – boshlovchi: – Shu go‘zal Vatanda yashar ekan, barcha fuqaro o‘z huquqini bilsin, o‘zligini tanisin! Vataniga munosib farzand bo‘lsin, o‘z yurtini ardoqlasin. Shunda baxt – iqbilomiz but bo‘lgay, azizlar!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …