46

Yodingizda bo‘lsa, 2017 yil 24 maydagi PF-5052-sonli Prezident Farmonida xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning «elektron mehnat daftari» tizimini joriy etish, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishini to‘xtatish vazifasi belgilangan edi.

Ushbu Farmon ijrosi amalda ta’minlanadigan bo‘ldi, demoqda Turon24.

«Mehnat daftarchalari bizda SSSR davridan qolgan va ular foydalanish uchun juda noqulay. Ulardan voz kechish vaqti keldi. 2019 yildan ishga kirmoqchi bo‘lgan xodimlar mehnat daftarchasini ochishlariga to‘g‘ri kelmaydi, endilikda ular shunchaki o‘z ma’lumotlarini elektron bazaga kiritishsa bas», – dedi Moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov.

Bo‘lajak bazada xodimning barcha mehnat faoliyati va daromadi aks etadi. Kerakli ma’lumotni xodimning pasport ma’lumotlarini bazaga kiritgan holda olish mumkin bo‘ladi.

«Hozir soliq idorasi elektron bazaning asosini ishlab chiqmoqda va ushbu dastur deyarli tayyor. Endilikda o‘z oylik maoshingiz haqida «Telegram»dagi @oylikuzbot boti orqali bilib olish mumkin. Ushbu bot qancha oylik maosh to‘langani va qanchasi soliqqa ushlab qolinganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bot maoshning qancha foizi naqd pulda va qanchasi plastik kartada berilganini ko‘rsatadi», – dedi Dilshod Sultonov.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …