54

“Men hech qachon o‘z o‘quvchilarimni o‘qitmayman, bor-yo‘g‘i ular o‘qib-o‘rganishi uchun sharoitni ta’minlashga harakat qilaman”.

Albert Eynshteyn, fizik-nazariyachi, Nobel mukofoti laureati

O‘qituvchi o‘quvchining barcha qiziqishlarini, undagi salohiyatni ko‘ra bilishi va rivojlanishi uchun bor kuchini berishi lozim. Buni shunday bajarish kerakki, bola o‘qishni istashi va buni eplay olishi lozim.

“Zamonaviy pedagogning vazifasi – junglini tozalash emas, cho‘lga suv keltirishdir”.

Klayv Steyplz Lyuis, britaniyalik yozuvchi, shoir va olim

O‘qituvchi sezgir bo‘lishi kerak va har bir bolaning o‘ziga xosligini tushunishi, unga o‘zgacha yondashuv izlashi lozim. Uning vazifasi – bilim bilan to‘ldirish, biroq o‘z o‘quvchilarini individuallikdan mahrum qilmaslik va shaxsiy fikrga ega bo‘lishni man qilmasligi kerak.

“Biz bilim bolani quvib yurishini emas, bola bilim ortidan yugurayotganini ko‘rishni istaymiz”.

Jorj Bernard Shou, dramaturg, faylasuf, Nobel mukofoti sovrindori

Darsni qiziqarli o‘tish – san’at. Biroq pedagog buni bajara olishga majbur. Odamni qiziqtirmay turib biror narsaga o‘rgatish mushkul. O‘qituvchi zimmasida murakkab vazifa bor: bilimni miyaga cheksiz oqim sifatida quyish emas,bilimga intilish hissini uyg‘otish.

“Men hech kimga hech narsa o‘rgata olmayman, bor-yo‘g‘i ularni o‘ylashga majbur qila olaman”.

Suqrot, qadimgi grek faylasufi

Bolani yodlashga majbur qilish o‘rniga unga tushunishda yordam berish kerak. Fanga ongli ravishda yondashuv yodlashdan samaraliroq: bola o‘ylaydi, muammoni tushunadi, anglaydi va bilimni amaliyotda qo‘llaydi. “Bolalar nimani o‘rgatmoqchi ekaningizni eslab qolishmaydi. Ular sizning kimligingizni yodda saqlaydilar”.

Jim Xenson, amerikalik qo‘g‘irchoq teatri aktyori, rejissyor va stsenariynavis. “Mappet-Shou” afsonaviy teledastur asoschisi.

Qiziqarli o‘qituvchi -“chuqur” inson, taqlid qilish uchun namuna. U bolada hurmat hissini uyg‘otishi kerak, o‘z sohasida o‘quvchi uchun hurmatli shaxsga aylanishi lozim. Ana o‘shanda o‘quvchi bilimga havoga intilgandek harakat qiladi. Mashg‘ulotlarda eshitgan hamma narsani o‘ziga singdiradi.

“O‘rtacha o‘quvchi hikoya qiladi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. A’lo darajadagi o‘qituvchi ilhom beradi”.

Uilyam Artur Uord, amerikalik yozuvchi

“O‘qituvchi bo‘lish bu – taqdir”,- deb bejiz aytishmaydi. Agar o‘z ishing bilan “yonmasang”, biror kishiga ilhom berish mushkul.

“Biror kishiga biror narsani o‘rgata olmaysiz, unga buni o‘zida topishga yordam bera olasiz, xolos”.

Galileo Galiley, fizik, astronom, faylasuf

O‘qituvchi nafaqat o‘z fanini bilishi, balki bolalarni tushunishi va har biriga o‘zgacha yondashuv topa bilishi lozim. Faqat shu yo‘l bilan bolani qiziqtirish, salohiyatini ko‘rsatish va uning iste’dodini kashf etish mumkin.

“Bolani o‘qitishdan maqsad – o‘qituvchisiz rivojlanishni davom ettirish imkoniyatini berish”.

Elbert Xabbart, amerikalik yozuvchi, faylasuf, rassom

Agar o‘quvchilar yetuk natijani pedagogi yonidagina namoyish etsa, nimadir noto‘g‘ri. Bolalar mustaqil rivojlanishni o‘rganishi, bilimni nafaqat mashg‘ulotlar vaqtida, balki o‘qishdan bo‘sh vaqtda ham singdira olishi, yana uni amaliyotda ham qo‘llashi lozim. Bu faqat maktab dasturigagina tegishli emas.

“Buyuk o‘qituvchi bilan o‘tkazilgan bir kun ming kun davomidagi mashaqqatli darslardan yaxshiroq”.

Yapon donishmandligi

Bugun mustaqil o‘rganish imkoniyati bor. Bundan albatta foydalanish kerak. Biroq ba’zida yordam kerak bo‘ladi. Oylab va yillab fanni o‘rganish, biroq muvaffaqiyatga erisha olmaslik mumkin. Keyin esa bir insonni uchratasiz, u esa sizga sanoqli kunlar davomida barini tushuntirib, pazlning yetmayotgan elementini topishda yordam beradi.

“Bilimlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Bu umrboqiylik sari yo‘l”.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

5-sinf botanika fanidan yillik dars ishlanma

6Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Sifati Formati …