11- sinf uchun Tadbirkorlik asoslari fanidan tayyorlangan yillik dars ishlanma reja asosida, kompetensiyalari bilan yozilgan. Tadbirkorlikning turlari va shakllari. Ta’limiy maqsad: Mavzuga doir berilgan ma’lumotlar orqali ularning bilim, malakasini oshirish. Ularga berilayotgan bilim orqali o’z faoliyatini samarali bo’lishiga erishish, jamoadagilar bilan do’stona munosabatda bo’lishiga doir hislatlarini shakllantirish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda jamoa bilan ishlashda do’stona munosabatda bo’lishi, o’zgalar fikriga hurmat bilan qarash, topqirlik, ijodkorlik hislatlarini shakllantirish. Mavzuda beriladigan, o’quvchilar uchun tarbiyaviy ahamimyatga ega bo’lgan ma’lumotlar orqali ularning hulqiy, ahloqiy tushunchalarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Darsda yoritiladigan mavzu orqali o’quvchilarning shaxsiy, insoniylik xususiyatlarini shakllantirish, motivatsiyaga moillik xususiyatlari, o’z-o’zini shakllantirish, bilimni tahlil qila olish va tizimlashtirish xususiyatlari, o’z fikrini bayon qila olish va uni rivojlantirish, ko’lmunikativ xislatlarni rivojlantirish. O’quvchilarda mavzuga doir bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish. Mustaqil fikrlashni o’rgatish. Kommunikativ kompetensiya: Tadbirkorlik asoslariga oid umum tomonidan qabul qilingan iqtisodiy atamalar mazmunini bilish; O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda oshirib borish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: xaridor, mijoz bilan faoliyat yurita olish; Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: ta’lim muassasasida hamda jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Mazkur dars ishlanma ushbu reja asosida o’z ishining mohirlari tomonidan yozilgan. Ushbu yillik dars ishlanma word variantda bo’lib, uni o’zgartirish va tahrir qilish mumkin. SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA