1-sahna (“Alla” qo’shig’I yangraydi.Malika Boburni beshikka solib, tebratib alla aytadi. Shunda Boburning buvisi kirib keladi ) Buvisi: -Bale, malikam, bale. Shahzodaga alla aytib juda ma’qul qilayotursiz.Bola alla eshitib voyaga yetsa, uning qalbida mehr-muhabbat uyg’onur. Bu mehr ota-onasiga, qarindosh-urug’iga , Vataniga, xalqiga bo’lgan hissiyotlarida namoyon bo’lur, inshooloh! (Malika o’rnidan turib, qaynonasiga qarab, qo’llarini ko’ksiga qo’yib, uning so’zlarini tinglaydi ) Malika: -Inshoolloh, inshoolloh! (Kanizak isiriq ko’tarib kiradi. Boburning buvisi isiriqni uning qo’lidan olib, beshikni atrofida aylantradi ) Buvisi: – Xazarasmon isiriq, dardga darmon isiriq. Yomon ko’zlardan, suq-u hasaddan, balo-qazodan nabiraginamni o’zing asragin, Allohim! (Bolaga mehr bilan termuladi ) Buvisi:-Bu nabiraginamning qarashlari juda ma’noli. Yuzlaridan nur yog’ilayotganga o’xshaydur. Inshoolloh, buyuk bobokalonining ishlarini davom ettiruvchi jahongir bo’libyetishsa ajab emas .Xudo o’z panohida asrasin! (Sahna yopiladi. “Cho’li iroq” musiqasi yangraydi. Boburning “Har kimki, vafo qilsa …”ruboiysi o’qiladi ) 2-sahna ( Boburning buvisi kirib keladi. 7-8 yoshlardagi Bobur kitob o’qib o’tiribdi ) Buvisi: –Amirzodam, nelar bilan mashg’uldursiz? Bobur: – Kitob mutolaa qilayoturman, buvijon! Buvisi: –Kimning kitobini mutolaa qilayotursiz? Bobur: -Mavlono Lutfiyning g’azallarinio’qiyoturman. Eshiting, buvijon: Meni shaydo qiladurg’on bu ko’guldur, bu ko’ngul, Xoru rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul. Buvisi: – Bale, amirzodam, bale. Kitobga mehr qo’yg’oningiz tahsinga loyiqdur.Valekin bir narsani unutmasligingiz lozimdur. Bobur:- Nima haqida unutmasligim lozim? Buvisi: – Siz temuriyzodasiz. Sizning bobokaloningiz ulug’ jahongir bo’lganlar.Siz taxt vorisidursiz. Biz sizni kelajakda bobongiz kabi buyuk jahongir bo’lishingizni istaymiz. Bobur: -Buvijon, sizlarning orzularingizni, inshoolloh, amalga oshirajakdurman. Lekin she’riyat shunday bir nafis gulshan ekanki, meni ohangrabodek o’ziga maftun etmoqda. Men shu gulshanda sayr etmoqni, uning iforidan to’yib-to’yib nafas olmoqni istayman. Buvisi: – Amirzodam, sizga Allohning nazari tushganga o’xshaydur. Zero har kimning ham ikki ulug’vor yo’lni tanlashga jur’atiyetmaydur. Iloho niyatingizga yeting. Bobongizning ruhlari sizga doim madadkor bo’lsin. Omin! (Sahna yopiladi.“Cho’li iroq” musiqasi yangraydi. Boburning “Ilm tolibi ilm kerak … “ ruboiysi o’qiladi ) 3-sahna ( Boburning oldiga navkarboshi yugurib keladi ) Navkarboshi: – Amirzodam! Tezroq harakat qilmasak bo’lmas. Yog’iy bostirib kelmoqda! Bobur: – Xiyonat… Taxt talashishlar… Urush… Nahotki shularsiz tinch yashab bo’lmas?Nahotki menajdodlarim ruhi kezgan bu ona zaminni tashlab ketsam? Nahotki uning bir hovuch tuprog’iga zor bo’lsam? Navkar: – Amirzodam, tezroq ketishimiz kerak. Dushman yaqinlashib qoldi. Navkarboshi: – Amirzodam, nasib etsa, albatta, bu yerlarga qaytib kelursiz. Hozir esa aziz joningizni asrashingiz kerak. (“Cho’li iroq” musiqasi yangraydi. Bobur yerga tiz cho’kadi ) Bobur: – Alvido, ona zamin, momo yer. Nasib etsa, albatta, quchong’inga qaytib kelurman. (Sahna yopilishi oldidan “Bobur nidosi” qo’shig’I yangraydi. Qo’shiq yarmida sahna yopiladi va sahna ochilguncha shu qoshiq davom etadi ) 4-sahna ( Hindiston. Bobur taxtda o’tiribdi. Atrofida saroy amaldorlari ) Eshik og’a: – Olampanoh ! Bir hind ayolihuzuringizga kiritishlari uchun izn so’rabdur. Bobur: – Hind ayoli ? .. Huzurimga keltiring ! (Ayolni olib kirishadi) Bobur: –Keling ,onaxon ! Menda ne arzingiz bor? ( Ayol o’kirib yig’lab yuboradi va Boburning poyiga tiz cho’kadi) Ayol : – Ey Olampanoh ! Sizning oldingizga najot so’rab keldim . Menga yordam bering ! Bobur : – O’rningizdan turing ! So’zlang , boshingizga ne kulfat tushdi ? Ayol (yig’lab) : –Yoshgina kuyovim og’ir xastalikdan vafot etdi .Sho’rlik qizim Ikki bolasibilan beva bo’lib qoldi . Endi qizimni tiriklayin o’tda yoqishmoqchi ! Evoh , qizim endigina yigirma yoshga kirdi . Uni tiriklay o’tga yoqishmoqchi ! Qizimni yoqishmoqchi !!! (Ayol telbadek o’zini u yoq – bu yoqqa tashlab uvvos tortib yig’laydi) Bobur:- To’xtang! Bu ne gap ? Nega qizingizni yoqishadi ? Ayol :-Biz hindlarda shunday odat bor . Agar eri o’lsa , xotinini ham uning jasadi yoniga o’tqazib, tiriklay yoqishadi . Olampanoh , yolvoraman. ’Qizimning hayoti saqlab qoling . Axir yosh bolalari bor . O’zi ham juda yosh . Yolvoraman ,saqlab qoling ! (Ayol Boburning oyog’i ostiga tiz cho’kib yig’laydi ) Bobur : – Bu ne razolot ! Bu ne jaholat ! Evoh, johil odamlar ! Qanday qilib tirik ayolni o’tga yoqishadi . Alloh har bir insonga umrni o’lchab berur . Odamlar bunchalik bit’at –xurofotga berilmasalar ! Onaxon , turing! Sizga,albatta ,yordam bergum . Farmonbardor , yozing ! Shu bugundan e’tiboran bu yurtda o’lgan erining yoniga uning tirik ayolini qo’shib yoqishlik odati butunlay taqiqlansin. Bu farmonni buzgan har qanday kishi eng og’ir jazoga tortilsin! Ayol (yig’lab): – Ey adolatli shoh! Siz bu mamlakatda ming yillardan buyon davom etib kelayotgan eng og’ir jaholatni bartaraf etdingiz . Bu bilan butun hind ayollarini og’ir musibatdan, bevaqt o’lim xavfidan qutqardingiz . Bu savobli ishingiz uchun butun hind ayollari sizni duo qiladilar . Iloho dunyo turguncha turing ! Iloho dunyo turguncha turing ! (Sahna yopiladi “Cho’li Iroq “ musiqasi yangraydi . Boburning “Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” ruboiysi o’qiladi ) 5-sahna ( Sahna ochiladi. Saroy. Bobur taxtda o’tiribdi ) Eshik og’a: – Olampanoh, ona yurtingiz Andijondan savdogarlarlar kelishibdi. Huzuringizga kirmoq istayapdilar. Bobur: – Ayting, kirishsin! ( Savdogarlar kirib kelishadi ) Savdogar: – Assalomu alaykum, Olampanoh! Biz ona yurtingiz Andijondan salom keltirdik. Bobur: – Xush kelibsizlar! Andijondagi hamyurtlarim sog’-omonmilar? O’zlaringiz qiynalmay yetib keldilaringizmi? Savdogar: – Hammalari sog’-omonlar. Sizga bir sovg’a olib kelgan edik. ( Bitta qovunni Boburga uzatadi. Vazir uni qo’lidan olib, shohga uzatadi. Bobur qovunni qo’liga olib hidlaydi, rohatlanadi. Ko’zlariga yosh oladi ) Bobur: – Bu qovundan Vatanimning, Andijonimning hidi kelmoqda. ( Mayus tortib, she’r o’qiydi ) Tole’ yo’qi jonimga balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi. O’z yerni qo’yib, hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. Aziz yurtdoshlarim, sizlarni ko’rganimdan behad xursandman. Vale sizga bir iltimosim bordur. Savdogarlar: – Bosh ustiga. Bobur: – Ko’pdin beri Samarqand nonini yemoqliqni ko’nglim istaydi. Sizga o’z odamlarimdan qo’shib berurman. Ular sizlar bilan Samarqandga borib, Samarqandning unidan, Samarqandning suvidan, Samarqandning tuzidan, Samarqandning tuprog’idan olib kelishadi. Samarqandlik tandirsoz usta va novvoyini ham rozi qilib olib kelishadi. Samarqandning nonini saroyda pishirtirishni ixtiyor qildim. Savdogarlar: – Bosh ustiga, Olampanoh! ( “Cho’li iroq” musiqasi yangraydi . Sahna yopiladi ) 6-sahna ( Sahna ochiladi. Bobur g’amgin qiyofada o’tiribdi ) Bobur : – Ko’pdin berikim yur-u diyorim yo’qdir , Bir lahza-u bir nafas qarorim yo’qdur. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qdur. Eshik o’g’a: – Olampanoh, buyrug’ingiz bajarildi. Novvoy Samarqand nonini yopib keltirdi. Bobur: – Huzurimga chaqiring! ( Novvoy bir savat non ko’tarib kiradi. Shohga salom beradi ) Bobur: – Vaalaykum assalom! Meni benihoya xushnud etdingiz. ( O’rnidan turib kelib, savatdan bitta non oladi. Uni ko’zlariga surtadi.Bir tishlam olib, uni og’ziga soladi.Chaynaydi. Hayron qiyofada ) Bobur: – Men Samarqand unidan, Samarqand suvidan, Samarqand tuzidan , Samarqand tuprog’idan olib keltirdim. Samarqandlik tandirsoz usta va novvoyni ham keltirdim. Mana, non ham tayyor bo’ldi.Lekin… lekin nonda nimadur yetishmayapdi.Yoshligimda yeganimdek mazali bo’lishi uchun nimadur yetishmayapdi. Nima u ?Nima ?… ( O’ylanib turadi va birdan ko’zlariga yosh oladi ) Bobur: – Ha, topdim. Bu nonda Vatanimning havosi yetishmayapdi, havosi !!! ( Yig’lab yuboradi. Sahna yopiladi. “Hind elida” musiqasi yangraydi ) 7-sahna Shayxulislom: – Olampanoh! Humoyun Mirzoning ahvollari juda og’ir. Bobur: – Nima qilmoq kerak? Mamlakatdagi eng kuchli tabiblarni chaqirtirdim. Hech kim davolay olmayapdi. Nima qilmoq kerak ? Shayxulislom: – Olampanoh, o’g’lingizning joni uchun Xudo yo’liga katta bir qurbonlik qilishingiz lozimdur. Bobur: – Qurbonlik? Ha, albatta, qilurman. Nimani qurbonlik qilsam to’g’ri bo’ladi? Shayxulislom: – Xazinadagi bebaho javohir ko’hinur olmosini. Bobur: – Ko’hinur olmosini?.. Taqsir, aytingchi, sizning nazaringizda o’shal olmos azizmi yoki mening jonim aziz? Shayxulislom: – Nechun unday deysiz, hazratim? Undoq olmoslarning o’ntasidan sizning bir bo’yingiz azizroqdir! Bobur: – Shunday ekan, men barcha narsadan aziz bo’lgan hayotimni farzandim uchun qurbonlik qilurmen. Shayxulislom: – Olampanoh, bu gapingizdan qayting. Axir siz yurt shohidursiz! Bobur: – Men shohmen valekin men ota hammen. ( Bobur Humoyunning oldiga keladi. Humoyun to’shakda alahsirab, kasal bo’lib yotibdi ) Bobur: – Humoyun, jigarbandim! Sening betoqatligingga men toqat keltiray. Sening shu og’ir dardingni Xudo sendan olib menga bersin! ( Bobur Humoyunning atrofini uch marta aylanadi ) Bobur: – YoParvardigor! Men Boburmen, agar jon berish kerak bo’lsa, umri jonimni Humoyunga qurbon qildim. Azroil mening jonimni olsinu Xudo Humoyunga shifo bersin ! ( Bobur yuragini ushlaydi, holsizlanadi. Alahsirab yotgan Xumoyun jimib, orom oladi ) Bobur: – Bolam, dardingniko’tardim. Joning omon bo’lsin! ( Asta-asta yurib chiqib ketadi. “Yaxshilig’” qo’shig’I yangraydi ) 8-sahna ( Saroy. Bobur taxtda o’tiribdi .Saroy ayonlari tik turishibdi. Hindcha kuy va raqslar ijro etiladi ) Vazir: – Olampanoh, nega buncha g’amginsiz? Shuncha musiqa, shuncha bazm ko’nglingizni ko’tara olmadimi ? Bobur: – G’amginlik …. Men tanbur ovozini, nayning navosini sog’indim. Eshik og’a: – Hazratim, yaqinda kelgan karvon orasida bir mashshoq yigit borermish. Ul chalgan kuylar odamni sel qilib yuborar ermish.Agar istasangiz o’shal yigitni huzuringizga keltirurmiz. Bobur: – Huzurimga keltiringiz ! Eshik og’a: – Xo’p bo’ladi, hazratim! Bobur: – Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi, Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi. Ko’nglum bu g’ariblikda shodo’lmadi, oh, G’urbatda sevinmas emish albatta kishi. ( Eshik og’a kirib keladi ) Eshik og’a: – Olampanoh, amringiz bajarildi. Mashshoqni olib keldik. Mashshoq: – Assalomu alaykum! Bobur: – Vaalaykum assalom! Siz haqingizda ko’p maqtovlar eshitdik. Kuy chalib, bizning ko’nglimizni shod eting! Mashshoq: – Xo’p bo’ladi. ( Mashshoq tanburda kuy chaladi. Bobur ko’ziga yosh oladi. Kuy fonida ruboiy o’qiydi ) Ey el, borib ahbobga nomimni degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unutilgan bo’lsam, Har kimki, meni so’rasa, salomimni degil! ( Sahna yopiladi. “Cho’li iroq” musiqasi chalinadi ) 9-sahna ( Bobur taxtda behol o’tiribdi. Xonzodabegim, Humoyun va mavlono Fazliddin atrofida parvona ) Humoyun: – Hazratim, nechun men uchun bunchalik jon fido qildingiz?Siz saltanatni menga topshirmoqchi bo’libsiz.Lekin ishoning, men bu toju taxtdan sizning bir nafaslik umringizni afzal ko’rurmen. Bobur: – Mening uchun sizning joningiz har narsadan azizdur. Humoyun: – Hazratim!.. Bobur: – Meni hazratim demangiz. Sizning og’zingizdan hali bir marta ham “Ota” degan so’zni eshitganim yo’q. Men shohman va lekin ota hammen. Humoyun: – Ota!!! Otajon!!! Bobur: – Bolam!!! Xonzodabegim: – Inim, Boburjon!!! Bobur: – Opajon!!! Mening vaqti soatim yetganga o’xshaydur. 12 ( Humoyunga yuzlanadi ) Bobur: – Badaxshonda “ Baqoi “ni so’rgan edingiz. Men uni yozib tugatdim.Buni avlodlaringiz ham o’qisin.Mening kitoblarimdan nusxalar ko’chirtirib, Samarqandga, Andijonga, Toshkentga, munosib odamlarga yuboring.Ona yurtimning tuprog’ini ko’rish nasib etmadi.Dilimdagi armonim bo’lgan Vatanimga mening nafasim yetib borsin.Men tug’ilgan yurt bilan aloqani uzmanglar.Shoyad, men bitgan kitoblar ikki oradagi aloqaning rishtalari bo’lsa. Xonzodabegim: – Boburjon, men egachingiz … Men sizdan besh yosh kattadurmen. Bu dunyodan ketish navbati avval menikidur. Siz taslim bo’lmang! Boburjon inim, taslim bo’lmang!!! Bobur: – Ko’p kuyunmang, opajon! Har qanday olov ham bir kun o’chadi. Men umr bo’yi ayovsiz yondim! Xonzodabegim: – Boburjon!!! ( Yig’laydi ) Bobur: – Mavlono Fazliddin! Mening egachim Xonzodabegim insoniylikda tengizdurlar. Agar biz orzu qilganmadrasani qurish nasib bo’lsa, uni Xonzodabegim madrasasi deb atasinlar. Toki bu madrasa sadoqatli ayollarni ulug’lovchi bir timsol bo’lsin! Xonzodabegim: – Boburjon, inim!!! ( Yig’laydi ) Bobur: – Yig’lamang, opajon, yig’lamang! ( Humoyunga yuzlanadi ) Bobur: – Humoyun, saroy ayonlarini chaqiring. Ko’zim tirikligida toju taxtni sizga topshiray. ( Bobur holsizlanadi. Yo’tal tutadi.Hamma bir nafas to’xtab qoladi.“ Yaxshilik “ qo’shig’I yangraydi. Sahna yopiladi )