Bekobod shahar 7-sonli umumiy o’rta ta`lim maktabida o`tkaziladigan “So`nggi qo`ng`iroq» tadbiri

S S E N A R I Y S I

2018-yil 25-may

 

Tadbirning  o`tkazish joyi: Maktab hovlisi

Tadbir davomiyligi: 50-60 daqiqa

Hudud bezatilishi: gul va sharlar bilan bezash.

Ilinadigan shiorlar: “Zamonaviy bilimlar zamonaviy kasb – hunarga ega bo’lamiz!”, “Sog’lom bola- yurt tayanchi!”, “Sog’lom bola – kelajak poydevori!”, “Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston”, “Kim bilsa mukammal bir – necha tilni, ilmda, bilimda qirq yorar qilni!”

Maktab yoshlar ittifoqi yetakchisi ____________________ tadbirni olib boradi.

________________:          Assalom azizlar , muhtaram zotlar,

Tashrif uchun rahmat diydor g’animat

Bu damlar g’animat , umr g’animat

So’zimiz  boshlashga etingiz ruxsat

Assalomu alaykum  ustozlar, muallimalar, maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar, ota-onalar ,maktabimizning ko`rki bo`lgan o`quvchi yoshlar. Mana bugun 2017-2018-o`quv yilini yakunlash arafasida turipmiz.bugungi so`ngi qo`ng`iroq, “Qadrdon maktabimiz bag`rida o`qib o`rganib doimo izlanib yangilikka taraqqiyot choqqilarini egallashga, intilib yashaymiz” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz.

Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 9-sinf  o’quvchilarini  musiqa sadolari ostida kutib olaylik.

( MUSIQA SADOLARI OSTIDA O`QUVCHILAR  KIRIB KELISHADI )

9 А sinf Pak Anjelika Vladimirovna

9 B sinf Oripova Gulnora O’rinboyevna

9 V sinf siznik navbat, aziz davramizga keeling marhamat. Feruzahon ustozga qo’lni berib qo’l, siz bilan bir safda tilaylik oq yo’l.

9 G sinf chorlaylik keeling, Ularga qo’shilib yelkadosh bo’ling, Zarifaxon ustozi o’rnak ko’rsatib. Sukut saqlang deymiz tartib o’rnatib.

9 D sinf saflaning qator, Bugungi lahzalar erur betakror, Rohilajon ustozin qutlab qolaylik, endi qarsak chalib, qarshi olaylik.

 

SO’NGGI QO’NG’IROQ!

Boshlovchi:          Assalom, ey ahli donishlar salom

Mehri ummon qalbi quyoshlar salom

Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom

Aziz ustozlarim salom assalom

Ey olloh nazari tushgan ustozlar

E’tiqod bulog’i  toshgan ustozlar

Dillarda ehtirom tillarda kalom

Deymiz biz sizlarga, salom assalom

Boshlovchi:

Vatanning mehrini qalbga etib jo,

Davlat madhiyasi etaylik ijro.

Bo’lib yurtimizga munosib farzand.

O’zbekiston bayrog’ini ko’taring baland. (madhiya bayroq)

O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ini vakolati maktabimiz direktori Xalmurzayev Aybek Sattarovich, 9 “__” sinf o’quvchisi ___________________________, 9 “__” sinf o’quvchisi ___________________________ ва 9 “__” sinf o’quvchisi ___________________________ga beriladi.

O`zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etiladi.

 

Vahidova Nigora: Maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar bilan tanishtirib o`tamiz.

1.Xalq ta`limi bo`limidan ______________________________________________

2.__________________________________________________________________

3.__________________________________________________________________

4.__________________________________________________________________

5.__________________________________________________________________

6._______________________________________________________  tashrif buyurishgan

 

Bugungi tadbirimizni “Qadrdon maktabimiz bag`rida o`qib o`rganib doimo izlanib yangilikka taraqqiyot choqqilarini egallashga, intilib yashaymiz” shiori  ostida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyevning “Eng katta boylik yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb hunardir” degan iboralarining mazmun- mohiyatini o`quvchilarga yetkazish yoshlar ongida vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinchlik va osoyishtalikka dahldorlik tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida tashkil etganmiz .so`ngi qo`ng`iroq tadbirimizni ochib berish uchun maktabimiz direktori  Muhammadjon  Po`latovga  so`z  navbatini beramiz.

 

Boshlovchi:

Tantanali saflanish etmoqda davom,

“So’nggi qo’ng’iroq” bu jaranglovchi nam

Davra ochilishini kutib turaylik.

Maktabimiz rahbariga so’zni beraylik.

Direktor so`zga chiqadi:

Oybek Halmurzayev Sattarovich: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar,aziz ota onalar va maktabimiz o`quvchilari. Mana bugun 2017-2018-o`quv yili yakun topmoqda bu yilgi o`quv yilimiz juda ham omad va yutuqlarga boy  yil  boldi. O`quvchilar Prizidentimiz siz yoshlarga juda katta imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Chunki sizlar jannatmakon O`zbekistonda tug`ulgansiz. Shuning uchunham bu berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishingizni talab qilaman. Kelajakda sizlardan umidimiz juda katta. Shu fursatdan foydalanib hususan hamkasblarimga, barcha tashrif buyurgan mehmonlarga, ko`zi chaqnab turgan o`quvchi yoshlarga sog`lik salomatlik, omad, baxt ,yutuq va zafarlar tilab qolaman. E`tiboringiz uchun rahmat.

 

Raqs :   _____ sinf o`quvchilari :  “_______________ ”

Tabriklash uchun so`z navbati:   _______________________________________________________

(so`zi  tinglanadi)

Boshlovchi:

Bugun sizni dildan suyaylik

Sovg’a bilan qutlab qolaylik.

Umringiz ko’p omadga to’ldingiz.

Bu sizlarga estalik bo’lsin.

 

A’lo baholari, namunali xulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o’quvchilarni faxriy yorliqlar bilan tabrik uchun so’z navbati maktabimiz rahbari Oybek Halmurzayev Sattarovich (Taqdirlash o’tadi)

Faxriy yorliq turlari: “Eng a’lochi o’quvchi”, “Eng ibratli o’quvchi”, “Eng faol o’quvchi”, “Ijodkor o’quvchi”, “Ingliz tili bilimdoni”, “Yosh kitobxon”, “Yosh ixtirochi”, “Maktabimiz faxri”, “Sport ustasi”, “Kompyuter bilimdoni”, “Eng orasta qiz” nominatsiyasi bo’yicha.

 

Tabriklash uchun so`z navbati:  _______________________________________________________

(so`zi tinglanadi)

Qo`shiq 9-V sinf o`quvchisi Oltiboyeva Sitora “Sinfdosh” qo’shig’i ijro e`tiladilar.

 

2017-2018 o’quv yilida maktab va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan va o’z hissalarini qo’shgan bitiruvchi sinf ota-onalariga tashakkur bildirib, quyidagi tashakkurnomalarni taqdim etamiz.

 

So’z navbati o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari ___________________________ ga beramiz! (O’IBDO’ tadbir ishtirokchilarinin tabriklaydi, o’quv yil davomida va a’lo baholarga o’qigan, namunali xulqqa ega bo’lgan, bosqichli nazorat imtihonlardan ozod bo’lgan iqtidorli o’quvchilarni aytib o’tadi.)

 

So’z navbati ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari ________________ _______________ ga beramiz! (MMIBDO’ tadbir ishtirokchilarini tabriklaydi, yozgi ta’til davrida o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil qilish maqsadida ularni ijodiy va sport to’garaklari hamda dam olish oromgohlariga jalb qilinishi aytib o’tadi.)

 

Qo`shiq 9-sinf o`quvchilari “O`zbekiston yurtim mening” ijro etiladilar.

 

Boshlovchi:

Xayrlashuv onlari kelmoqda yaqin

Qalblarda xayajon ko’zlarda chaqin

Xar kim dil izxorin aylasin shu vaqt

9-sinflar sizlarga beraylik navbat

Endi navbat 9 sinf bitiruvchilarining dil izhorlariga beramiz.

 

Boshlovchi:

Ona yurtni asrash bizning burchimiz

Aziz xalqning qizi o’g’lonlarisiz

Sohibqiron Temur avlodlari bo’lgan

Muqaddas vatanning qo’rg’onlarisiz.

 

Vaxidova Nigora:

Hurmatli ustoz muallimalar, mehribon ota-onalar, tashrif buyurgan aziz mehmonlar, bizning kelajagimiz bo`lgan o`quvchi yoshlar. Ushbu tadbirimiz ham o`z nihoyasiga yetdi . Sizlarga yana bir bor uzoq umr, sihat- salomatlik tilagan holda baxt saodat tilab qolamiz.

 

E’TIBORINGIZ  UCHUN  RAHMAT!

 

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

3-sinf Ingliz tili fanidan pisa test

Pisa test haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Formati O’quv yili Na…