Ushbu to’plamda maktabda o‘tkaziladigan tadbir va ertaliklar uchun 20 dan ortiq ajoyib ssenariylar joy olgan. 

Namuna uchun:

1§: O‘zbekiston – mening Vatanim!

Kirish

O‘quvchilar maktab formasida. Sinfda O‘zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O‘zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.

Salom qismi:

1) Quyoshdek shu’la sochgan,

Bilimga keng yo‘l ochgan,

Bizni erkalab quchgan

Hamma:  Sizgadir ushbu kalom

Muallimlar assalom!

2)    Kunday yorug‘ darsxona

Biz farzandmiz, siz – ona

Bo‘lib bizga parvona

Hamma:   Dilda ardoqli kalom

Ona maktab assalom!

3)   Tanitib yurt, jahonga,

Erk bergan har insonga

Qaytdik dinu iymonga

Hamma:   Dilda ardoqli kalom

Mustaqil yurt assalom!

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi

1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz baxtiyor avlodmiz

2 – boshlovchi:  – Ha biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz

1 – boshlovchi: – Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz tayanchi bo‘lgan Yurtboshimiz omon bo‘lsin!

2 – boshlovchi: – “O‘zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!

1 – boshlovchi: – Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?

1 – o‘quvchi:   – Vatan bu kindik qonimiz to‘kilgan tuproq

 2 – o‘quvchi:      – Vatan – bu beshigimiz, ko‘chamiz, uyimiz, turar joyimiz!

3 – o‘quvchi: – Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!

4 – o‘quvchi: – Vatan – bu buyuk millatimiz

5 – o‘quvchi   – Vatan – bu maktabimiz!

6 – o‘quvchi:  – Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!

2 – boshlovchi: – Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

7 – o‘quvchi: –  Mustaqillik  – o‘z erkiga ega bo‘lish, Vatan o‘zimizniki deganidir.

1 – boshlovchi: – Mustaqillik bizga nima berdi?

8 – o‘quvchi:  – Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi

9 – o‘quvchi: – Millatimizning o‘zligini, milliy g‘ururini himoya qilgan Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.

10 – o‘quvchi: – Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro‘z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.

“Humo qushim” qo‘shig‘i

O‘zbegim” she’ri  I – II bandi

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon o‘zbegim.

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tyanshon, O‘zbegim

So‘ylasin Afrosiyobu

So‘ylasun O‘rxun xati.

Ko‘hna tarix shodasida

Bitta marjon, o‘zbegim

O‘zbekiston. Rasmiy nomi – O‘zbekiston Respublikasi. Poytaxti – Toshkent. Hududi – 448,9 ming km2 . Aholisi – 32 mln kishi.

Davlat tili – o‘zbek. Dini – islom, e’tiqod erkinligi davlat qonunlari bilan belgilangan     Pul birligi – so‘m

Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat

Iqtisodi – agrar davlat hisoblanadi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud.

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar: Shimolda Qozog‘iston, Janubda Turkmaniston va Afg‘oniston, Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston.  (Xaritadan ko‘rsatiladi)

Sahna ko‘rinishi

“Til qudrati’

Muallif: Qadim zamonda ikki olim bo‘lgan ekan. Ular ikkalasi ham bir go‘zal, farishta qizga ko‘ngil qo‘yishibdi. Shunda qizning tog’asi ulardan:

– Sizlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchiman, – debdi

Shunda birinchi olim:

– Men farzandimga riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman. Unga ajnabiy tillarni o‘rgataman, – debdi

Ikkinchi olim esa:

– Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona tilimizni o‘rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni uqtirmoqchiman. unga o‘z ona tilimizda ertak, doston, qo‘shiqlar aytib beraman, – debdi

Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va unga qarab:

– Men seni o‘zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o‘rgatishdagi sening fikring ma’qul”, – debdi

Ha, til katta qudratga ega.

“Ona tilim” she’ri

Buyuk Temur jahon bo‘ylab

O‘z dovrug‘in solgan tilim.

Mir Alisher bobomlardan

Meros bo‘lib qolgan tilim

Bobur Mirzo she’rlaridan

Rang va qiyos olgan tilim

Shunday tildan tonar bo‘lsam

Qiyma – qiyma bo‘lsin tilim

Alla bo‘lib jaranglagan

Ona tilim – jonu dilim

– Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?

Bayroq, gerb, madhiya

Davlatimiz ramzidir

Mohiyatin anglamoq

O‘g‘il – qizning  farzidir.

O‘zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan. Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O‘zbekiston Respublikasi kelajagi o‘z aksini topgan

1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

1991-yil 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi

1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilindi

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.

1992 -yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi  Davlat gerbi qabul qilindi

1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili – o‘zbek tili qabul qilindi.

 

“Barkamol avlod” qo‘shig‘i

Buyuk bobokalonlarimiz:

  • Mirzo Ulug‘bek she’ri
  • Amir Temur she’ri
  • G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish

“Do‘ppi tikdim” raqsi

Mana aziz mehmonlar, o‘quvchilar shuning bilan bugungi “O‘zbekiston – mening Vatanim” nomli tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.

– Biz o‘z tilak va istaklarimizni ushbu misralarda bayon etamiz:

Asragin Ollohim O‘zbekistonni

Kelajagi buyuk nurli bo‘stonni

Sodiq farzandlarinh duolar qilar

Tinchlik, osudalik hamrohing bo‘lar    (M. Yusuf)

 

Yuklab olish narxi: 10000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…