Mavzu:    Biologiya – hayot haqidagi fan. Biologiyaning istiqbolli tarmoqlari. Tirik organizmlarni o‘rganish metodlari: kuzatish, taqqoslash, tajriba, modellashtirish. Biologiya fanining muammolari. Biologiya fanining xalq xo‘jaligi sohalaridagi ahamiyati.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

B1

o‘quvchi biologik tushunchaga ega bo‘lishi, o‘z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata olishi;

mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish; kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish.

B1+

maktab, mahalla, jamoat joylari, oilada, sinfda o‘rtoqlari bilan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amalga qilgan holda muloqotga kirishish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni ilmiy-ommabop materiallardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi;

darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;

matndan foydalanib savollarga javob topish, amaliy xarakterdagi topshiriq­larni bajara olish.

B1+

mediamanbalardan izlab topilgan ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish;

jadval, diagramma, sxemalar tuza olish, tushuncha, qoidalarni topa olish;

mediavositalaridan hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar va axborotlarni izlab topa olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish;

tabiatda o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zini nazorat qila olish.

B1+

o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirishi, hayot davomida mustaqil holda o‘qib-o‘rganishi, bilim va tajribani muntazam oshirib borishi zarur.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

B1

o‘quvchi biologiya fanining ilmiy-amaliy soha ekanligini, uning inson va tabiatdagi ahamiyatini anglash, biologiya fani o‘rganadigan obyekt, hodisa, jarayonlarni, tirik organizmlar ustida kuzatish va tajribalar olib borish.

jamiyatda o‘z o‘rnini bilgan holda tabiatdagi voqea va jarayonlarga daxldorlikni his etish;

B1+

tirik organizmlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi, ularning salbiy tomonlarini o‘zidan kichik bo‘lgan yoshlarga o‘rgatish jarayonida faol ishtirok etishi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

B1

biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;

insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.

B1+

madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;

badiiy-ijodiy qobiliyatlarini namoyish qila olishi (turli grafik rasmlar, referatlar, xabarlarning dizayni).

  Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
  • o’quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida  tushunchalar 

Dars materiallari va jihozlari: 1.,, 10 SINF  “ darsligi. .

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan  asosiy atamalar  va  tushunchalar yozilgan kartochkalar.

  1. Tashkiliy qism:

5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

  1. Darsning mazmuni:

7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o’rganish uslubiyati va usullari.

9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

III. Dars mazmunini  ro‘yobga  chiqarish  ustida  ishlash:

  1. O’qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

Yangi dars bayoni:

Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula,  hujayra,  organizm,  populatsiya  (tur),  biogeosenoz  (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi. Biologiyaning  asosiy  maqsadi  tirik  mavjudotlarning  tuzilishi,  o‘ziga  xos xususiyatlari,  ko‘payishi,  rivojlanishi,  kelib  chiqishi,  tabiiy  jamoalarda  va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma’noni bildiradi.Insonlar  salomatligini  saqlash,  turli  kasalliklarni  davolash  va  ularning oldini  olish,  inson  umrini  uzaytirish,  tabiatdagi  noyob  o‘sim liklar  va  hayvon turlarini mu hofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, yangi  xususiyat li  mikroorganizm  shtammlarini  yara tish,  insoniyatni  sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammo larni hal etish biologiyaning rivojiga bog‘liq. Biologiya  fanining  tarmoqlari.  Biologiya  fundamental  va  kompleks fan  hisoblanadi.  Fundamental  fan  deyilishiga  sabab,  biologiya  tibbiyot,  psixologiya,  agronomiya,  oziq-ovqat  sanoati,  farmokologiya  uchun  nazariy

asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi. Tekshirish  obyektiga  ko‘ra  biologiya  fani  bir  qancha  sohalarga bo‘linadi.  Botanika  –  o‘simliklar,  zoologiya  –  hayvonlar,  mikrobiologiya  – mikroorganizmlar,  mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar,  paleontologiya  –  qazilma  holdagi  organizmlar,  ekologiya esa  organizm  va  muhit  orasidagi  munosabat  to‘g‘risidagi  fan  hisoblanadi. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga  ajraladi.  Eksperimental (tajriba) metodi.  Maxsus  tashkil  etilgan  sharoitda  tirik organizmlar  tuzilishi,  hayot  jarayonlarini  o‘rganish  eksperimental  metod orqali

amalga  oshiriladi.  Bu  metod  organizmlar  xatti-harakati,  tuzilishi,  xossalari mohiyatini  tajribalar  yordamida  chuqurroq  tadqiq  qilish  imkonini  beradi. G.  Mendelning  irsiylanish  qonu niyatlarini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  ishlari fanda  tajriba  usulini  qo‘llashning  yorqin  namunasidir.  Bio logik  tadqiqotlar uchun  zamonaviy  asbob-uskunalarning  paydo  bo‘lishi  bu  usuldan  keng foydalanish imkonini berdi. Modellashtirish metodi.  Biologik  tadqiqotlarda  tobora  keng  qo‘l lanilayotgan  modellashtirish  metodining  mohiyati  tirik  tabiatdagi  hodisalar  va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o‘rganishdan iborat. Biologik jarayonlarni, evolutsiyaning turli yo‘nalishlarini, ekosistemalar hamda biosferaning rivojlanishini kompyuterda modellashtirish orqali ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.Biologiya  fanining  muammolari.  Biologiya  fanida  hali  o‘z  yechimini topmagan  bir  qancha  muammolar  mavjud.  Hayotning,  odamning  paydo bo‘lishi,  bosh  miya  faoliyati  mexanizmlarini  o‘rganish  orqali  tafakkur  va xotira qonuniyatlarini anglash, embrional taraqqiyotda genetik axborot asosida to‘qima, organlar va organizm rivojlanishini o‘rganish shular jumlasidan.Dunyo aholisining soni yildan yilga ortib bormoqda. Binobarin, biologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri insonlarning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat.  Bu  sohada  seleksiyada  ko‘p  yillardan  beri  qo‘llanib  kelinayotgan duragaylash,  tanlash  metodlaridan  tashqari,  gen  muhandisligi  –  genlarni sintez qilish, ko‘chirib o‘tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen – organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo‘ladi.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab  chiqish  va  amaliyotga  tatbiq  etish  nihoyatda  muhim  sanaladi.  Bu muammoni  ijobiy  hal  etish  gen  muhandisligi  va  biotexnologiya  sohalarining rivoji bilan uzviy bog‘liq.Hozirgi  vaqtda  eng  xavfl i  hodisalardan  biri  ekologik  muhitning yomonlashayotganligi hisoblanadi. Bu ayniqsa, inson uchun nihoyatda foydali bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining yildan yilga kamayib ketayotganligida yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.

  1. I O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

12.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

13.Guruhlarda  ishlash  yakunlarini  chiqarish.

  1. Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchio‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

  1. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

Ushbu yillik dars ishlanma word formatda bo’lib, 118 sahifadan iborat. O’quv rejada berilgan barcha mavzular batafsil yozilgan.

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

Yuklab olish narxi: 6000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

3-sinf Ingliz tili fanidan pisa test

Pisa test haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Formati O’quv yili Na…