3-dars                                          sana:                             7-sinf

Mavzu: TO’G’RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA

 

Darsning maqsadi. Tekis va notekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat, to‘g‘ri chiziqli tekis harakat, ularning o‘zaro farqi haqida o’quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

  1. b) Aqliy tarbiya berish
  2. c) Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish

Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan  kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.

Ozini ozi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning usuli: Suhbat. BBB.

Dars jihozlari: darslikning 5-§ matni, tomizg‘ich o‘rnatilgan aravacha, jismlarning tekis harakati, to‘g‘ri chiziqli harakati, to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini tasvirlovchi rasmlar.

Dars rejasi:

  1. Tashkiliy qism (2 minut).
  2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
  3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
  4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
  5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
  6. Uyga vazifa berish (1 minut).

1.Tashkiliy qism

     2.O’tilgan mavzuni eslash: Nazorat ishi baholari o’tkaziladi va nazorat ishidagi xatolar tahlil qilinadi

  1. 3. Yangi mavzu bayonining rejasi
  2. Tekis va notekis harakat haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashish.
  3. To‘g‘ri chiziqli harakat haqida o’quvchilarning fikr- mulohazalarini eshitish va to’ldirish.
  4. To‘g‘ri chiziqli tekis harakatni misollar orqali tushuntirish.
  5. Tekis harakat, to‘g‘ri chiziqli harakat va to‘g‘ri chiziqli tekis harakatning o’zaro farqi haqida suhbatlashish.

Yangi mavzuni bayon etish bo‘yicha metodiktavsiyalar

Tomizg’ich o‘matilgan aravachani stol ustida notekis va tekis harakatlantirib, o’quvchilarda notekis va tekis harakat haqida tushuncha hosil qilinadi. 0‘quvchilardan notekis va tekis harakatga misollar keltirish so‘raladi.

Aravacha stol ustida awal to’g’ri chiziq bo‘yla.b, so’ngra egri chiziq bo‘ylab harakatlantiriladi. Yo‘lda odamlarning, mashinalaming harakati qay holda to‘g‘ri chiziqli harakat bolishi haqida o’quvchilarning fikr-mulohazalari eshitiladi.

Jism bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilsagina uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat bolishi uqtiriladi. Atrofdagi jismlar kamdan kam bunday harakat qilishi mumkinligi, shartli ravishda ayrim jismlarning harakatini yo‘lning ma’lum bir qismida ma’lum vaqt oralig‘ida shunday to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qiladi, deb olish mumkinligi aytiladi.

Ko’rgazmali rasmlardan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakati ko‘rsatiladi. Nima sababdan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakat ekanligi tushuntiriladi.

  1. Yangi mavzuning bayon

Tekis harakat

 Aravachaning notekis harakati.

Quyidagi tajribani qilib ko’raj lik. Aravachaga 16-rasm- da ko’rsatilganidek tomizg’ich o’rnatilgan bo’lsin. Tomizg’ichdan bir me’yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo’yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuzatish mumkin. Demak aravacha bir xil vaqt oraliqlanda turhcha masofani bosib o’tgan, ya’ni u notekis harakat qilgan. Endi yuqoridagi tajribani biroz o’zgartiravlik. Bu gal origan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidag, masofa bir xii bo’lsin. Bu holda aravacha bir xil taqt oraliqlarida bir xil yo’lni bosib o’tgan deyish mumkin. Agar jism ixtiyony bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yo’lni bosib o’tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.

Masalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo’l bo^ib o’tayotgan bo’lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo’lni bosib o’tadi. Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo’la oladi. Siz maktabga borishingizda qay holda tekis, qaj holda notekis harakat qilgan bo’lasiz?

To’g’ri chiziqli harakat

Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo’ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo’lning ma’lum bir qismida to’g’ri chiziqli harakat qilishi mumkin. Jism trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat to’g’ri chiziqli harakat deyiladi.To’g’ri yo’ldan ketayotgan avtomobil harakatini, to g’ri temir yo’lda poyezdning harakatini, ma’lum balandlikka ko’tarilib olgandan keyin samolyotning harakatini to’g’ri chiziqli harakat deb olish mumkin.

To’g’ri chiziqli tekis harakat

16-rasmdagi aravacha to’g ri chiziqli. lekin notekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakatini to’g’ri chiziqli tekis harakat deb bo’lmaydi. Soat miliar uchining harakati tekis harakat qiladi, lekin to’g’ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uch.ning ha¬rakati ham to’g’ri chiziqli tekis harakat emas. 17-rasmdagi aravacha esa ham to’g’ri chiziqli, ham tekis haiakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to’g’ri chiziqli tekis harakatdir. Agar to’g’ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofalarni bosib o’tsa, uning harakati to’g’ri chiziqli tekis Varakat deyiladi.

Eng oddiy mexanik harakat — to’g’ri chiziqli tekis harakatga misollar: 1. Tep-tekis to’g’ri yo ida avtomobil harakatlanayotgan bo’lsin. Agar avtomobil bir me’yorda, tezligmi o’zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o’zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz.

 

  1. 4. Mustahkamlash.
    1. Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?
    2. To’g’ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.
    3. To’g’ri chiziqli tekis harakatni ta’nflab bering.
    4. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar dars davomidagi ishtirokiga ko’ra baholanadi

6.Uyga vazifa. Siz maktabga ketayotganingizda yo’lning qaysi qismida to’g’ri chiziqli tekis harakat qilasiz?

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…