Dars mavzusi: Ruhiyat tarbiyalash vositasi

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: adabiyot fanidan bilimlarini kengaytirish.

  1. Tarbiyaviy maqsad: adabiyot fani orqali o’quvchining Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish; mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini ta’kidlash; milliy g’ururni shakllantirish.
  2. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: 

mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.

O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;

Milliy va umummadaniy kompetensiya:

badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.

Darsning usuli: an’anaviy.

Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
  2. b) davomatni aniqlash:
  3. v) she’riy daqiqa.
  4. O’tgan mavzuni so’rash.
  5. yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
  6. ommaviy tarzda(uy vazifasi nazorati)

III. Yangi mavzu bayoni.

Badiiy adabiyotning asosiy ish quroli so‘zdir. O‘zi ko‘zga ham ko‘rinmaydigan so‘z yordamida nafaqat atrofdagi narsa-hodisalar, balki boshdagi o‘ylar, ko‘ngildagi sezimlargacha ifodalash mumkin. Shuning uchun ham san’at turlari orasida adabiyot alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘y-xayollari, istag-u armonlari badiiy adabiyotda to‘laroq aks ettiriladi. Respublikamiz Prezidentining “Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak” degan so‘zlari bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi.  Shuningdek, badiiy adabiyotda tasvirlangan hayot serqirra va ta’sirli bo‘ladi. Tasavvur qilaylik, siz «Alpomish» dostonini o‘qiyapsiz. Bilasizki, asardagi voqealar bundan minglarcha yillar oldin qayerdadir, kimlar bilandir ro‘y bergan, ehtimol, hech qachon bo‘lmagandir ham. Asar qahramonlari sizga qarindosh ham, yaqin ham emaslar. Lekin ularning taqdiri sizning taqdiringizga, ularning tuyg‘ulari siznikiga qo‘shilib ketadi, o‘zingizni ulardan ayri tasavvur qilolmaysiz. Doston qahramonlari taqdirining, umuman, ba­diiy asarning tuyg‘ularingizga bunchalar qattiq ta’sir ko‘rsatishi, sizning sezimlaringizni bezovta qilishi sababi haqida beixtiyor o‘ylab qolasiz.

 

Ushbu yillik dars ishlanma word variantda bo’lib, uni o’zgartirish va tahrir qilish mumkin. 

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…