1-Mavzu: Chizmachilikka kirish.Chizmachilik qurollari.

I.Darsning maqsadi va vazifasi:

Ta’limiy maqsad.1.Mavzu bo’yicha o’quvchilarga to’g’ri tushuncha berish.

II.Rivojlantiruvchi maqsad.

O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

III.Tarbiyaviy maqsad.

Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.

Chizmachilikda qo‘llaniladigan termin va tushunchalarni bilish hamda qo‘llay olish kompetensiyasi

Grafik tasvirlar, jihozlar, standart shriftlar, oddiy geometrik yasashlar, tutashmalar, egri chiziqlar, ko‘rinishlar, geometrik figuralarning proeksiyalari, ko‘pyoqliklarning yoyilmalarini bir-biridan ajrata oladi;

Ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish va chizmani ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish kompetensiyasi

Chizmalarni taxt qilish, chizma shriftlarini qoidalar asosida chizish, geometrik yasashlarni bajarish, proeksion chizmalarni chizish, aksonometrik proeksiyalarni yasash hamda detalning eskizi va texnik chizmani bajarish jarayonlarida ish qurollaridan to‘g‘ri foydalana oladi.

IV.Darsning turi.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.

V.Darsda foydalaniladigan turli xil metodlar: Amaliy.

VI.Darsda foydalaniladigan  jihozlar: Ko’rgazmali qurollar va plakatlar.

VII.Darsning rejasi:

1.Tashkiliy qism -2 m.   2.Kirish so’zi- 2 m

3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m      4.Yangi mavzu bayoni -20 m.

8.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m

VIII.Darsning borishi.

1.Tashkiliy qism.

A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash.

IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish.

X.Yangi dars bayoni:

0‘zbekistonda Quyimozor va Oqtomda arxeologlar tomonidan qazi ishlari olib borilganda eramizdan oldingi 2—1- mingyilliklarga taalluqli odamning olddan va yonidan ko‘rinish tasviri topilgan. VI—VII asrga a kumush idishda binoning me’moriy fasadi tasvirlangan.

VII asrdan XV asrgacha 0‘rta Osiyoda fanning barcha sohalarida katta iln yutuqlarga erishilgan. Masalan, mashhur olim Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy (783—850) yunon olimi Ptolemey tomonidan bayon qilingan ba masalalarni aniq emasligini chizmalar orqali isbotlab bergan. U o‘z asarlari turli mamlakatlar, dengiz va tog‘lar, katta daryo va ko‘llarning xaritalari tasvirlagan. Olimning chizgan xaritalaridan to‘rttasi bizgacha yetib kclgan.

Abu Nasr Forobiy (873—950) o‘zining geometrik yasashlarga doir asari konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o‘zgarm pargar yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali bataf bayon etgan.

Abu Rayhon Beruniy (973—1048) shar ichida besh xil muntaza ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bu noriy — to‘rtyoqlik (tetraedr), orziy — oltiyoqlik (geksaedr), havoiy sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy — o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir (1.1-chizma).

Chizmachilik qurollari. Chizmachilik buyumlari va asboblariga gotovalniy, chizg’ich, uchburchakliklar, lekalolar, reysshina, transportirlar kiradi. Chizmachilik jihozlariga chizmachilik stollari, chizmachilik taxtalari, chizmachilik mexanizmlari; chizma ashyolariga esa chizma qog’ozi, qalam, o‘chirgich, tush, qog‘ozqadagichlar kiradi.

 

 

Yuklab olish narxi: 5000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

7-sinf Jahon Tarixi fanidan yillik dars ishlanma(yangilangan holatda)