1-boshlovchi : Istiqlol bunchalar go`zal bu noming, Non kabi e`zozli jondek shirin bol . Yer shari yo`lladi otashin salom Assalom o`zbegim qutlug` istiqlol! 2-boshlovchi : Assalom maktabim muqaddas dargoh Assalom ustozlar kasb kori saboq Assalom do`stlarim menga qo`sh qanot Sinfdosh hayotga ishonch bilan boq 1-boshlovchi : Bugun dunyo tanigan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo`shayotgan aziz mehmonlar assalomu alaykum . 2-boshlovchi : Umrining aziz damlarini o`quvchilar ilm olishiga sarflayotgan aziz ustozlarassalomu alaykum 1-boshlovchi : Dunyoning barcha shodliklarini ortidan ergashtirayotgan aziz ukajonlarim assalomu alaykum 2-boshlovchi : Birinchi qo`ng`iroq tantanalarining aziz sohibi sohibalari assalomu alaykum 1-boshlovchi : Bugun qalbimizda o`zgacha shukuh 2-boshlovchi : Kechagina dillarimizni hayajon ga solgan so`nggi qo`ng`iroq sadolari Bizni bugun birinchi qo`ng`iroq sari yetaklayapdi . 1-boshlovchi : Davralarning to`ri siz uchun ustoz Maqtovlarning zo`ri siz uchun ustoz Siz bor maktablarning fayzi bo`lakcha Siz bor kuylagan kuyning avji o`zgacha Siz ekkgan gullarning avji o`zgacha. Qalbimizning qo`ri siz uchun ustoz, Maqtovlarning zo`ri siz uchun ustoz. 2-boshlovchi: Assalom ona yurt tonglar o`lkasi Ta`rif, tavsifingning yo`q nihoyasi. Senga bag`ishlanur muqqaddas qo`shiq Birgalikda: Bu o`zbek elining o`z madhiyasi. (O`zbekiston Respublikasi madhiyasi o`quvchilar tamonidan ijro etiladi) 1-boshlovchi : Bugungi bayramona kechamizda bizning quvonchli onlarimizga sherik bo`layotgan aziz mehmonlar yana bir bora xush kelibsiz, ishonchimiz komil biz uchun ajratgan qadrli onlaringizdan afsus chekmaysiz degan umiddaman 1-boshlovchi Sizning tashrifingiz biz uchun faxr , Shoir tavsifida aytigan axir . Dunyoning shodligi yig`ilsa butun Do`stlar diydoridan bo`lolmas ustun . 2-boshlovchi : Raxmat iliqdil izxorlaringiz uchun qo`limiz ko`ksimizda ta`zimdamiz . 2-boshlovchi : Go`zallardan go`zal jannat makonim Sen o`zingsan tanxo O`zbekistonim Asrlarga yuz tutgan ulug` makonim Jannat bo`yidagi gulsan Vatanim . 1-boshlovchi : Ulug` donish ajdodlarim beshigisan Taraqqiyot kalitining eshigisan San`atkorning aytgan qo`shig`isan G`olib farzandlarining yutug`isan Vatanim . 1-o’quvchi: Vatan sening nomingni, Doim kuyga solaman. Farzandlik burchin oqlab Senga sodiq qolaman. 2-o’quvchi: Istiqlol ulug` ne’mat, Bobolarim orzusi. Momolarim duosida, Mangu, ma’vo qolg`usi. 3-o’quvchi: Ona yurtim, bog`laring chaman, Istiqloling abadiy bo’lsin. Sen suyukli, ulug`san, Yagonasan, muqaddas Vatan. 4-o’quvchi: Sen buyuk, muqaddassan, Onajon – O’zbekiston. Ayyoming bo’lsin qutlug` Zavol ko’rma hech qachon 2-boshlovchi : Azizlar, bizning eng beg`ubor damlarimiz o`tgan aziz dargoh qaysi deb e`tirof eta olasiz? 1-boshlovchi : Albatta, jonajon maktabimizdir. Salom nurli maskanim, Salom qadrdon do’stlar. Salom sirdosh kitoblar Bari murodga eltar. 1-o’quvchi: Maktabim – jonajon maskan, Qadrdon – onajon maskan. Sen qalbimga ziyo berding Muqaddas, mehribon maskan. 2-o’quvchi:Seni intizor kutdik, Birinchi qo’ng`iroq. Maktab bag`riga keldik Olay deb saboq. 3-o’quvchi:Ziyo maskan bog`ingda, Eng sara gullar terdim. Bag`ringda ulg`ayib men Sen-la, kamolga etdim. 2-boshlovchi : Bu ulug’ dargohimizga jajji ukajon va singillarimizni taklif qilamiz. Marhamat. Davraga chorlaymiz sizni ukajon Keling quvonchiiz siz ila to`lsin Dunyoda beg`ubor farishtaginam Kelajagi buyuk ukajonginam 2-boshlovchi :Bugungi shodiyona damlarimizga yakun yasash payti yetdi nazarimda 1-boshlovchi :Albatta, demak bilimlar kuni va Mustaqillik kuniga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. 1-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni , Jarangi borliqni larzaga solsin . Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga Ustozlar qoshiga boshlasin bizni 2-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni , Bu sasni qanchalik orziqib kutdik Chorlagin bizlarni sinfimiz sari, Nurli ovozi ko`ngini yoqsin . 1-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni , Jarangi borliqni larzaga solsin . Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga Ustozlar qoshiga boshlasin bizni 2-boshlovchi : Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni , Bu sasni qanchalik orziqib kutdik Chorlagin bizlarni sinfimiz sari, Nurli ovozi ko`ngini yoqsin.