Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetentsiyasi: geografiya fanining urganish ob’ekti va predmeti, murakkab tuzilishga ega bulgan fanlar tizimi ekanligi, zamonaviy tadkikot usullari moxiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlarini anglaydi va misollar bilan izohlay oladi. Geotizimning moxiyati, ularning turli taksonomik birliklarga mansub bulishi va zonallik konuniyatiga buysunishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik muxit va jamiyat urtasidagi uzaro munosaatlarining tarixiyligini tushunadi va tushuntira oladi. Zamonaviy demografik jarayonlar va ularning mohiyatini tahlil qila oladi. Urbanizatsiya jarayonining muammoli qirralarini tushunadi. Jahon iqtisodiyotining markazlari, o‘sish qutblarini ajratadi, ularning o‘zgarib borishini anglaydi. Dunyoning geosiyosiy tizimi, uning tarixiyligi va hozirgi zamon muammolarini tushunadi. Insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Yevropa subregionlarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlarini izohlay oladi. AQSh ma’muriy-hududiy tuzilishi va itimoiy-iqtisodiy rayonlashtirilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Lotin Amerika subregionlarini ajrata oladi.

Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadkikotlar usullari ichida kartografik usul aloxida axamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.

Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 10-sinfga mo‘ljallangan ,,geografiya “ darsligi bilan tanishtirish;
  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
  • o’quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida  tushunchalar 

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .

2.,,Mavzuga oid chizmalar

3.Doska, bo‘r, daftar.

4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan  asosiy atamalar  va  tushunchalar yozilgan kartochkalar.

  1. Tashkiliy qism:

5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.

6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash

  1. Darsning mazmuni:

7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.

8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o’rganish uslubiyati va usullari.

9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..

III. Dars mazmunini  ro‘yobga  chiqarish  ustida  ishlash:

  1. O’qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.

Yangi dars bayoni:

Ma’lumki,  geografiya  fani  ikkita  yirik  tarmoq  –  tabiiy  va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaga  bo‘linadi.  Birinchisi  geografik  qobiq,  u   n  in   g  komponentlari  va  Yer  yuzidagi  geotizimlarni  tadqiq  etsa,  ikkinchisi  dunyo,  uning  mintaqa  va  mamlakatlari,  shahar  va  qishloqlari

miqyosida  aholi,  uning  yashash  tarzi  va  madaniyati,  ishlab  chiqarish sohalari,  siyosiy  voqea-hodisalarni  o‘rganadi

Yuqoridagilardan  xulosa  chiqarib  aytish  mumkinki,  geografiy ya  hozirgi  davrda  maqsad  va  vazifalari,  o‘rganish  obyekti  va  predmeti  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  bir  nechta  fanlardan  iborat  bo‘lgan  fanlar tizimiga aylandi.  Bu  fanlar  tizimi  tarkibida  tabiiy  geografi k  va  ijtimoiy  (ya’ni,

jamiyatni  o‘rganuvchi)  geografik  fan  guruhlari  ajralib  turadi.  Shuningdek,  jamiyat  va  tabiatning  o‘zaro  munosabatlarini  o‘rganish  chog‘ida qator  umumgeografi k  mazmun-mohiyatga  ega  fanlar  ham  tarkib  topgan,  masalan,  tabiiy  resurslar  va  tabiatdan  foydalanish  geografi yasi,

tibbiy  geografi ya  (turli  hududlarda  yashovchi  aholining  salomatligi  va kasallanishi,  unga  ta’sir  etuvchi  tabiiy  va  ijtimoiy  omillarni  o‘rganadi). Geografik  fanlar  tizimida  geografi k  xaritalarni  tuzish  va  ular  bilan  ishlashni  o‘rganadigan  kartografi ya  fani  alohida  o‘rin  va  ahamiyatga  ega.

Geografi k  fanlar  turkumiga  kiruvchi  barcha  fanlar  o‘zaro  bog‘liq bo‘lib,  umumiy  ilmiy  va  amaliy  maqsadlarni  ko‘zlagan  holda  rivojlanmoqda.  Turli  geografi k  fanlar  uyg‘unligida  Yer  yuzi  va  alohida  hududlar  haqida  yaxlit  tasavvur  shakllanadi,  mamlakat  va  hududlar  rivojlanishining  muammo  va  istiqbollari  aniqlanadi,  tabiatni  muhofaza  qilish va  undan  oqilona  foydalanish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  aholi  turmush darajasini  yuksaltirishga  xizmat  qiluvchi  amaliy  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi. Geografiyani  o‘rgana  boshlagan  paytda  bu  fanning  nomi  qadimgi  yunon  tilida  “Yerning tasviri”  degan  lug‘aviy  ma’no  berishini  bilib olgansiz.  Lekin  hozirgi  davr  geografl ari  turli  joylar  tabiati,  aholisi  va xo‘jaligini  tasvirlash  va  tavsifl ash  bilan  cheklanib  qolmasdan,  turli  tabiiy  va  ijtimoiy  hodisalarning  vujudga  kelish  va  hududiy  tarqalish qo nuniyatlarini  o‘rganadilar,  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabat  va  ziddiyatlarni  atrofl icha  tahlil  qiladilar,  dolzarb  ahamiyatli ekologik,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  muammolarni  hududlarning  o‘ziga  xos  sharoit  va  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  yechish  yo‘llarini  ishlab  chiqadilar.  Zamonaviy  geografi ya  an’anaviy tasvirlovchi  mohiyatdagi  “Nima? Qayerda? Qancha?”  savollariga  javob  beruvchi  fandan “Nima? Qayerda? Qancha?  Nima sababdan? Qanday foydalanish kerak? Yaxshilash uchun nima qilish kerak?”  degan  savollarga  javob topuvchi  keng  qamrovli  nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fanlar tizimiga  aylandi.

  1. I O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

2..Guruhlarda  ishlash  yakunlarini  chiqarish.

  1. Dars yakunlarini chiqarish:

O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.

  1. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

O`quv – tarbiyaviy  ishlar  bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________

 

Ushbu yillik dars ishlanma word variantda bo’lib, uni o’zgartirish va tahrir qilish mumkin. 

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

 

Yuklab olish narxi: 7000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

10-sinf Din Tarixi fanidan Pisa test

Sahifalar soni kamligi tufayli namuna kiritilmagan! …