Mavzu:  1-§. Turkiston o’lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig’ida

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: 

O’quvchilarga ota-bobolarimizning asrlar davomida urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni va ularning buzulmasligi uchun o’z hayotlarini qurbon qilganliklari, yurt mustaqilligi uchun janglarda shahid ketganliklari haqida tushunchalar berish. Tarixiy davrlar va yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

Mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayotgan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini, tarixiy shaxslar haqida, tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi hamda mazkur davrga oid tarixiy joylarni tarixiy xaritadan ko’rsata oladi, ma’lumot bera oladi.

2.Tarbiyaviy maqsad: 

Muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira

bilish;

O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish hamda ularda ona Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini shakllantirish;

Turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish;

3.Rivojlantiruvchi maqsad: 

Mavjud tarix faniga oida axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.)foydalana olish;

O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;

O’quvchilarda umumlashma xulosalar chiqarish ko’nikmasini shakllantirish.

           

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

 

Dars turi:            Yangi bilim beruvchi, bilimlarni shakllantiruvchi

Dars metodi:    “Interfaol metodlar”, “Guruhlarda ishlash”

Dars jihozi:       darslik, xarita, ko’rgazmali va didaktik materiallar, proyektor, AKT

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

           O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

           Siyosiy daqiqa.

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash:

“Guruhlarda ishlash” O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif  berishadi.

1-topshiriq:   Darsning bu qismi quyidagi savollar yozilgan kartochkalar yordamida amalga oshiriladi.

1-kartochka: 9-sinfda O’zbekiston tarixi fanida qaysi davr tarixini o’rgandingiz?

2-kartochka:1917-1991-yillar O’zbekiston tarixida sovet davrini nechta bosqichga ajratish mumkin?

3-kartochka:Birinchi bosqichda qaysi respublikalar tashkil qilindi?

4-kartochka:Tarix saboqlari inson faoliyati uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

5-kartochka: O’zbekistonda sovet davri tarixini davrlashtirish qanday mezon asosida amalga oshirilgan?

6-kartochka: 2016-yil 14-dekabrdagi Oliy majlis palatalarining qo’shma majlisida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o’tmish tariximizga qanday baho bergan?

O’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.

 

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: 

                       Reja :

1.Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi;

2.Fevral inqilobi va uning Turkiston o’lkasiga ta’siri;

3.Rossiya muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati;

4.Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho’roi Islomiya” va ”Sho’roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati.

 

Ushbu yillik dars ishlanma word variantda bo’lib, uni o’zgartirish va tahrir qilish mumkin. 

SOTIB OLISH UCHUN QO’LLANMA

Yuklab olish narxi: 8000 so'm
To'lovni quyidagi to'lov usullari yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…