1-boshlovchi:    Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, mehribon ustozlar.

 

2-boshlovchi:    Qadrli akalar, opalar ukalar, singillar.

(Birgalikda)  Kirib kelgan Yangi 20__-yilingiz muborak bo’lsin.

 

1-boshlovchi:    Tabiatdan qish fasli

                           o’z hukmin o’tqazib,

Ayoz bobo shimoldan

sovuq shamol yetkazar.

 

2-boshlovchi:     Kirib keldi, qish fasli,

Bo’ron sovuq qor bilan.

                           Tabriklaymiz, sizlarni.

Do’stlar Yangi yil bilan.

 1-boshlovchi:     O’tib ketdi, eski yil

Kunlar go’yo lipillab,

Qorboboga o’xshab,

Qoldi oxir munkillab.

 2-boshlovchi:     Minnatdormiz, eski yil,

Risqu, nasiba berding.

Uch yuz oltmush besh kun,

Bizlarga hamroh bo’lding.

 

1-boshlovchi:    Mana bugun xayr xo’sh,

Qilajakmiz sen bilan.

Yangi yilda o’qiylik

Faqat “to’rt-u” “besh” bilan.

 2-boshlovchi:    Darxaqiqat, 20___-yilimizni tarix qa’riga kuzatib, yangi 2017-yilni qarshi oladigan paytimiz kirib keldi.

 1-boshlovchi:       Endi tez davramizni qizdirib, YANGI YIL kechamizni boshlasak.

 2-boshlovchi:    Darvoqe bugun tugayotgan 20___- eski yil hamda kirib kelayotgan 20__-yilni davramizga taklif etsak, marhamat.

 1-boshlovchi:  Ular bizlarni tabriklamoqchiga o’xshaydi. Marhamat

                                                                                                            Eski yil:

                               Xayr, xayr mehmonlar,

O’g’il qizu chaqqonlar

Rosa g’ayrat qildingiz,

Bir yil o’sib ulg’ayib.

 

Eski yilni kuzatib

Yangisini qarshilabsiz.

Ko’rayapsiz jujoqmon.

Endi tilim chiqyapti,

Sizla o’sdim, o’rgandim,

Va bir yoshga ulg’aydim.

Muddatim tugab men ham

Ketish navbati yetdi.

Yangi yil:

   

Salom, salom mehmonlar.

O’g’il qizu chaqqonlar

Rosa g’ayrat qilibsiz,

Ziyofat tuzatibsiz,

 

Yangi yilni qarshilab,

Eskisini kuzatibsiz

Eski yilni muddati

Tugab tarixga ketdi.

 

Yangi yil bo’lib men ham

Kelish navbatim yetdi.

Ko’rayapsiz jujiqman,

Yillar ichra kichikman

 

Keldim sizga o’sgani,

Ko’p zafarlar quchgani.

Meni seving shu onda

Siznikiman shu ondan.

 

Ota, ona, bobolar

Ham mehribon momolar.

Menda g’ayrat qilurman

Sur’atim oshirurlar,

 

Siz ham a’lo o’qingiz

Bilimlarni o’qingiz

Siz o’sibsiz bir yoshga

Yurt kon bo’lsin non oshga

 

Uch yuz oltmish olti kun,

Va shunga teng tun

Sizga mehmon bo’laman

 

Semiraman o’saman

Vaqti soat yetkanda,

Muddatim tugaganda.

Tarixga qo’shilaman,

Lekin hozir shundaman.

Sho’x o’yin ijro etiladi Yangi yil, eski yil raqisga tushushadi.

 2-boshlovchi: Dugonajon, yangi yil, juda ajoyib bayramda! Men bu bayramni juda yaxshi ko’raman, siz-chi?

 1-boshlovchi:  Men bu bayramni sog’inib ketaman. Go’yo yangi yil arafasida sirli ajoyib voqealar bo’ladigandek ruhida menga.

 2-boshlovchi:  Rostdan ham yangi yil arafasida hech kutilmagan voqealar  bo’lishi tabiiy.

 1-boshlovchi:  Unday bo’lsa bugun davramizda qanday

kutilmagan voqea ro’y berar ekan-a? Keling buni birgalikda                  tomosha qilamiz.

 2-boshlovchi:    Davramizga 8-a sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.

 1-boshlovchi:    Davramizga 8-b sinf o’quvchilarning bayramg

tayorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqislarini tomosha qilamiz. Marhamat.

2-boshlovchi:    Davramizga 9-a sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.

1-boshlovchi:    Davramizga 9-b sinf o’quvchilarning bayramga tayyorlab kelgan o’zlarining sahna ko’rinish va raqslarini tomosha qilamiz. Marhamat.

2-boshlovchi:    Ishtirokchi o’quvchilar bayramga juda ham yaxshi tayyorlanibsizlar.

 1-boshlovchi:    Dugonajon keling shu qatnashgan o’quvchilar bilan birgalikda.

 Qiziqarli shart

 2-boshlovchi:1. Sharli shartlar (sharni ichidagi shartlar 1.Duet kuylash. 2.Bir oyog’da o’ynash. 3.Kuchuk bo’lib akillash. 4.Limon yedirish).

 1-boshlovchi: 2. O’zingiz yoqtirgan aktyor yoki aktirisangizni ro’lini ijro etib bering.

 2-boshlovchi: 3.Ko’zi yumilgan holda o’g’il bolalar

qizlarimizni valsga taklif etishadi.

 1-boshlovchi: 4.Tez aytish.

 2-boshlovchi:  So’z navbatini maktabimiz ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari _________________ga bersak MARHAMAT!

1-boshlovchi:  Yangi yil bayramimiz o’z nixoyasiga yetay deb qoldi.

 2-boshlovchi:    To’g’ri bugungi bayram tugayapti, lekin yurtimizda yangi yil bayrami hali davom etadi.

 1-boshlovchi:    Yangi yil keltirsin,

Sizlarga zafar.

Yangi yilda yanada,

Gulasin diyor.

2-boshlovchi:   Har bir xonadonga

Risqu ro’z to’lsin,

Barcha insonlarning,

Iqboli kulsin.

 1-boshlovchi:    Istiqlol yurtimizda

Qolsin abadiy,

Degaymiz yangi yil.

Bo’lsin omadliy.

 2-boshlovchi:    Bugungi shodliklar,

Tark etmay bizni,

Olloxim mo’l  qilsin Nasibamizni.

 1-boshlovchi:   YANGI YILingiz muborak bo’lsin!

 2-boshlovchi:    YANGI YILda eng yaxshi orzu- istaklaringiz amalgam oshsin!

 1-boshlovchi:    YANGI YILda yangi umid va tilaklar sizlarga yor bo’lsin.

 2-boshlovchi:    Oilangizdan tinchlik, xonodanigizdan fayzu Baraka arimasin!

 

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…