Maktabning  katta zali yangi yil bayramiga monand bezatiladi.  Zal  o‘rtasida  archa  chiroyli  qilib  bezatilgan,  mehmonlar  uchun  o‘rindiqlar tayyorlangan.  Barcha  qatnashuvchilar  turli  kostyumlarda  kelishgan.  Hammada  bayram kayfiyati.

Boshlovchilar davraga chiqib keladi.

1-boshlovchi:

Assalomu alaykum, aziz davramiz qatnashchi- lari!

2-boshlovchi:

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, hurmatli hamkasabalar.

1-boshlovchi:

Bugungi “Yangi yil bazmi” bayram karnavalimizga xush

kelibsizlar.

2-boshlovchi:

Avvalambor sizlarni yaqinlashib  kelayotgan yangi yil bilan chin dildan muborakbod etamiz.

1-boshlovchi:

Sizlarga  sog‘lik,  baxt,  uzoq  umr,  ishlaringizda  omad  tilaymiz.  Yangi yildagi ishlaringizda  rivoj tilaymiz.

2-boshlovchi:

Keling bayram kechamizni ajoyib bir qo‘shiq bilan boshlaymiz.

(Qo‘shiq)

 

1-boshlovchi:

Yangi  yil  bayrami  yil  boshlanishi  qadimda  turli  fasllarda nishonlangan. Jahonning ko‘pgina mamlakat- lari Grigoryan taqvimi bo‘yicha yangi yilni nishonlay  boshlaganidan  so‘ng  XX  asrda  O‘zbekistonga  ham  bu  an’ana  kirib  kelgan.

Mustaqillikdan  so‘ng  1992  yilning  3  iyulida  qabul  qilingan  “O‘zbekiston Respublikasida  bayramlar  kunlari”  to‘g‘risidagi  Qonun  asosida  1  yanvarь  –  Yangi  yil bayrami deb belgilandi.

2-boshlovchi:

Darhaqiqat yangi yil bayrami juda ko‘p mamlakatlar qatori bizning ona diyorimizda ham ajoyib tantanalar bilan nishonlanadi. Kelinglar dasturimizning avvalida  davramizga  Qorbobo  va  Qorqizni  taklif  qilamiz.  Marhamat  Qorbobo  va

Qorqiz, davramizga xush kelibsiz.

Qo‘shiq. qorbobo va qorqiz raqsga tushadi).

1-boshlovchi:

Orziqib kutilgan aziz mehmondek

Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.

Qalbimiz yorishib nurli osmondek,

Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.

Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,

Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.

Shodon chehralarda gul ochar xanda.

Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,

Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.

 

 

2-boshlovchi: 

Aslo tark etmasin erk, farovonlik,

Abad porlayversin Vatan bayrog‘i.

Yillar o‘taverar bo‘g‘inma-bo‘g‘in,

Hayot zanjirida oltin xalqadek.

Yurakka joy aylab yurt ishqi cho‘g‘in,

Olg‘a boshlayverar bizni darg‘adek.

Peshona terimiz bilan o‘lkamiz

Dovrug‘in olamga taratmoqdamiz.

1-boshlovchi:

Bugungi bayram karnavalimizga biz bir guruh san’at ahillarni taklif etganmiz. Hozir navbatni …qiziqchilar guruhiga beramiz.

(Yangi yil hazillari).

2-boshlovchi: Endi navbat tumanimizning xush ovoz xonandasi …….. beramiz.

(Qo‘shiq yangraydi).

1-boshlovchi:

Barchamiz yaxshi bilamizki Yangi yil bayramlari hech qachon Qorbobo va Qorqizsiz o‘tmagan. Hozir tabrik uchun so‘zni qorbobodan eshitamiz.

(Qorboboning tabrigi)

Rahmat qorbobo.

2-boshlovchi: 

Biz  bugungi  bayram  dasturimizda  eng  chiroyli  kostyumlar  tanlovini e’lon  qilgan  edik.  Hozir  shu  tanlov  g‘oliblarini  taqdirlash  uchun  so‘z  navbatini  maktabimiz direktori ………..dan so‘raymiz.

Rahmat. Marhamat, barchangizni raqsga taklif etamiz.

(Qo‘shiq yangraydi).

1-boshlovchi: 

Yana elimizda muqaddas ayyom,

Kutyapmiz Yangi yil tongini xursand.

Muborak bo‘lg‘usi shu qutlug‘ bayram –

Qutlug‘ tilagimiz dillarga payvand.

Kirib  kelayotgan  Yangi  yilimiz  muchal  taqvimi  bo‘yicha  …..yili  ekan.  Bu  yil aytishlaricha  to‘kin-sochin,  serhosil  va  osudalik  yili  bo‘lar  ekan.  Sizlarni  Yangi  yil bilan yana bir bor tabriklaymiz.

2-boshlovchi:

Bayramona kayfiyat sizlarni yil davomida tark etmasin, chehrangizdan tabassum,  dasturxoningizdan  qut- baraka  arimasin.  Bayram  dasturimiz  nihoyasida sizlarni  zalda  tashkil  qilingan  Yangi  yil  mavzusidagi  rasmlar  ko‘rgazmasiga  taklif

etamiz, marhamat.

 

1-boshlovchi:

Xayr, salomat bo‘linglar. Kel, yana shod ko‘nglimizni ayla shodon, Yangi yil, Senda ijrosin kutar ko‘p orzu-armon, Yangi yil.

 

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

6-sinf Biologiya(rus tilida) Imtihon javoblari 2019

Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Fon Formati Sifati 6 Biologiya 2.3 mb 16 bet Ko’…