Maktab o‘qituvchilaridan qanday hujjatlarni yuritib borish talab etiladi? Konspektlarni elektron shaklda yozish mumkinmi?

Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra,

✅ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

✔️ Sinf jurnali;

✔️ Yillik taqvim-mavzuiy reja;

✔️kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

✅ Yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…