«Bahor» raqsi  ijro etiladi va shundan so`ng sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi.

1-boshlovchi:  Oftob ziyosidan munavvar olam,

Nurga intiladi tashna nigohlar.

Iqbolidan mamnun, baxtiyor odam,

Chapak chalib qutlar, gullar, giyohlar.

Gulgun saodatim sizsiz, shoiram!

2-boshlovchi: Qit`adan qit`aga uchar misralar,

Fazogir insonim  sizsiz, shoiram!

Orzusidan inson mag`rur yuksalar,

So`z bilan dunyoni asir aylar ishq.

Fazogir insonim sizsiz, shoiram!

1-boshlovchi:   Assalomu-alaykum aziz ustozlar, davramiz qatnashchilari, she`riyat va adabiyot ixlosmandlari.

  Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan “Zebi zamona  ZULFIYAXONIM” deb nomlangan adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsiz!

  1915-yil 1-mart… Toshkentning Degrezlik mahallasida, Isroil temirchi oilasida to`rt o`g`ildan so`ng dunyoni o`z yig`isiga to`ldirib uzoq kutilgan qizaloq dunyoga keldi. Oila a`zolari bu jajji mehmonni quvonch bilan kutib olishdi va unga  hayoti Zuhro yulduzdek porloq bo`lsin deb Zulfiya ismini berishdi.

  Ona alla aytadi:  

Alla aytay, jonim bolam,

Quloq solgin, alla.

Baxtimga sen katta bo`lgin,

Ko`rar ko`zim-o, alla.   Ona shiringina orom olayotgan go`dagiga tikilib:

Vafo va sadoqat tantanasi sen,

Endi xonadonim chirog`I yoniq.

She`r bo`lib oqadi dil istaklarim.

Yuksaklarni ko`zlab turibdi aniq,

Mening nurli kelajagim sensan, shoiram!

Jonim qizalog`im, sen onangning orzu istagisan. Men ham Nodirabegim, Uvaysiy kabi shoira bo`lishni orzu qilardim. Ming afsuski, bu nasib etmadi. Ostona hatlab ko`chaga chiqmagan onaizoring, insholloh seni shoira, olima qilib voyaga yetkazadi. Hali seni yorug`, nurli kelajak kutmoqda. ( Ona chiqib ketadi), Musiqa chalinadi.

1-boshlovchi:  Onalar duosi shak-shubhasiz ijobat bo`ladi deganlari rost ekan. Oradan o`n yeti yil o`tib, Zulfiya Isroilovaning “Hayot varaqlari” nomli birinchi she`rlar to`plami nashrdan chiqdi.

Sahna ( Ona nimadir tikish bilan band bo`ladi, Zulfiya kirib keladi)

Zulfiya: Oyijon, oyijon, meni tabriklang. Qarang, orzularingiz ro`yobga chiqdi. Orzularimning ilk ro`yobi bu axir. ( Ona kitobni olib quvonch bilan)

Ona: Barakalla, qizim, barakalla.Ilohim bunday parvozlaring ko`p  bo`lsin, ona qizim. Kitobingni otang va akalarinnga ham ko`rsatgin, hali rosa sevinishadi-da.

Zulfiya: Xo`p bo`ladi, oyijon. Sevinchimdan ichimga sig`may ketyapman.Men hozir qaytaman.(chiqib ketadi)

Ona:Shukur,beadad shukur.Shu kunlarni qanchalar orziqib kutgandim-a Qizginamning omadini bergin har doim.                    ( chiqib ketadi)

2-boshlovchi: Oradan oz fursat o`tib, shoira Zulfiyaning hayot  va ijod  yo`li Jizzax vohasining faxri, o`zbek xalqining suyukli shoiri  Hamid Olimjon bilan bog`landi.

Qo`shiq “Eng gullagan yoshlik chog`imda” Sahnaga  qo`shiqqa hamohang tarzda Hamid Olimjon va Zulfiya timsollari chiqib kelishadi.Ular qaysidir she`rning muhokamasi bilan band bo`lishadi.Hamid Olimjon Zulfiyaga gul tutadi va ikkovi birga sahnadan chiqib ketishadi.

1-boshlovchi:  Shoir-xalq qalbining tarjimoni, uning orzu-intilishlari ifodachisi. Zulfiyaxonim oddiy temirchi qizidan qahramon shoir darajasigacha bosib o`tgan bosib o`tgan yo`li- bu Sharq o`zbek ayolining shonli yo`lidir.

2-boshlovchi: 1920-1930-yillarning birinchi yarmidan ijod qilib boshlagan Zulfiyaxonim she`rlarida tong, erkin va farovon hayot tasviri yetakchilik qiladi. “ Baxt va shodlik kuychisi”  Hamid Olimjon hamda “Tong kuychisi” Zulfiya Isroilova o`zbek adabiyotida yana bir yangi sarlavha ochib berdilar.

Sahna: ( Zulfiya qo`lida choynak va payola bilan kirib keladi)

Zulfiya: – Toliqib qolmadingizmi? Biroz dam olsangiz bo`lardi. ( choy uzatadi) (Qog`ozga ko`zi tushib, xursand bo`ladi). Voy,bitdimi she`ringiz? Ko`rdingizmi, hovlimizdagi o`rik daraxti oppoq bo`lib gullabdi.

H.Olimjon: Ha, juda chiroyli manzara. She`rni o`qib, fikringizni bildiring, shoira. (Zulfiya she`rni ovozini chiqarib o`qiydi)

Zulfiya: Derazamning oldida bir tup,

O`rik oppoq bo`lib gullabdi.

Novdalarni bezab g`unchalar,

Tongda aytdi hayot otini.

Har bahorda shu bo`lar takror,

Har bahor ham shunday o`tadi.

Qancha tirishsam ham ul beor,

Yillar meni aldab ketadi.

  • Juda ajoyib,ofarin. Men ham o`rik gullarini juda yaxshi ko`raman.Musiqa chalinib ular chiqib ketishadi va “O`rik gullaganda” qo`shig`i ijro etiladi.

“O`rik gullaganda” qo`shig`i  ijro etiladi.

2-boshlovchi:Zulfiyaxonim o`zining go`zal, otashga to`liq satrlarga boy she`rlari bilan mamlakatlar chegarasini hech qanday to`siqlarsiz bosib o`tdi. Uning she`rlari dunyoning 20 dan ortiq tillarida jarang topdi.

 

1-boshlovchi:   Uning xalqaro “Nilufar” mukofoti va Javoharla`l Neru nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo`lganligi ham bu o`zbek ayolining tengsiz  ijodkor ekanligidan dalolatdir. Shoira Zulfiya ijodiga yuksak baho berib, Mustay karim, Rasul Hamzatov, qirg`iz yozuvchisi Ch . Aytmatov, Konstantin Simonovlar u haqiqiy o`zbek she`riyati malikasi ekanligini ta`kidlagan.

Zulfiya haqidagi zamondoshlari va chet el adabiyoti vakillarining shoira haqidagi  fikrlari ketadi. O`zbek,rus,ingliz  tilidagi she`rlaridan namunalar aytadilar.

Sahnadagi monitorda shoiraning o`zi tomonidan o`gilgan  she`rlaridan namunalar namoyish etiladi.

1-boshlovchi:   1944-yil 3-iyul. Zulfiya hayotida fojeali kun bo`ldi. Shu kuni o`zbek xalqi o`zining suyukli shoir farzandidan, Zulfiyaxonim esa turmush o`rtog`I, suyangan tog`i Hamid Olimjondan ayrildi.Bu og`ir judolik edi. Endi shoira o`z ijodi bilan Hamid Olimjon ijodini yelkama-yelka olib borishga qaror qildi.

Zulfiya: ( Qo`lida Hamid Olimjon portreti,  olib kelib stol ustiga qo`yadi)

Qalb bo`lganda yiroqda,

Iroda ekan ojiz.

Do`stlar ham ko`p atrofda,

Ammo men yakka-yolg`iz.

Birdan qalbim keksarib

Qon ham qochdi yuzimdan.

Sen sirdoshni axtarib

Xayol ketar izingdan.

Yana bahor keldi ( xo`rsinib) chiqib ketadi.

She`r “Salqin saharlarda” , “Orik gullaganda” ( rus va o`zbek, ingliz tillarida)

Хамиду Алимджану

Живым дождем омыв миндаль,

В рассветный час пришла весна.

Полетом птиц наполнив даль,

Тревожа нас, пришла весна.

О, как любил ты час ночной,

Когда готов зацвесть урюк,

И аромат земли сырой,

И почек хлопающий звук!

И песню, спетую тобой,

Запел на ветке соловей.

И мир, разбуженный весной,

Шумел над памятью твоей

1-boshlovchi:   O`zbek xalqi o`zining sevimli  shoirasini doimo  e`zozda, ardoqda tutdi. Shoira ham xalqning ehtiromiga javoban tinmay ijod qildi, erkin va farovon turmushni kuyladi. 1999-yil 10 iyulda muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan “Zulfiya “ nomidagi  Davalat mukofoti ta`sis etildi. Shoiraning izdoshlari fan, ta`lim, sport va madaniyat yo`nalishlarida  o`z iqtidorini namoyish etib kelayotgan yuzlab  o`zbek qizlari “Zulfiyaxonim qizlari” nomiga sazovor bo`ldilar va Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ju2-boshlovchi: Jumladan,  bizning viloyatimizda ham ushbu mukofot sohibalari 15 nafarni tashkil etadi. Iroda Mamatmurodova, Yoqutxon Xolbekova, Yulduz Hamroqulova ( sport yo`nalishida), she`riyat, fan va t a`lim yo`nalishlarida sovrindor bo`lishdi. Ular shoira Zulfiyaxonimning Vatan ravnaqi yo`lidagi xizmatlarini faxr ila davom ettirib kelishmoqda.

Zulfiya: ( Stolda kitob ushlagan holda she`r o`qiydi).

Hayot kitobini sekin varaqlab,

Men o`tgan umrimga achinmay qo`ydim.

Tabassum o`rnida kuldim charaqlab

Suydim,   Erkalandim.

Ayrildim.   Kuydim.

 E`zozlar,ardoqlar uchun tashakkur,

Asli siz oftobim,men ziyosiman.

Tonglaringiz quchsin,dorilomon hur,

Baxtim shul o`zbekning Zulfiyasiman!

Shuning bilan tadbir o`z nihoyasiga yetadi. Tadbir so`ngida maktab-internat direktori va ustoz o`qituvchilarga so`z beriladi.

 

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

8-sinf Huquq fanidan imtihon javoblari(reklamasiz)

Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Fon Formati Sifati 8 Huquq 560 kb 22 bet Ko’ris…