Kirish

Farzand tarbiyasi doimo eng muhim masala bo‘lib kelgan. Dunyoda birorta ham ota-ona yo‘q-ki, zurriyotining jamiyatda o‘z o‘rniga, biror mavqega ega bo‘lishni istamagan va shu farzand orqali g‘ururlanib yurishni orzu qilmagan.

Buyuk alloma Kaykovusning “Qobusnoma” asarining oltinchi bobida “Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf yetkurmas. Bilursanki, xori mug‘ilon (tikanli buta) ning tani bordir, ammo soyasi yo‘qdur. Hunarsiz kishi ham xoru mug‘ilon yanglig‘ na o‘ziga va na o‘zgaga foyda berur”. Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo‘lsa, ammo hunari bo‘lmasa, xaloyiqning izzat va hurmatidin noumid bo‘lur. Agar kishida ham nasab gavhari va ham hunar zevari (ziynati) bo‘lmasa, undan battarroqdur. Jahd qilg‘il, agar gavharning har necha kim asl bo‘lsa, unga g‘arra bo‘lmag‘il, nedikim tan gavhari hunar zevari bila muzayyan bo‘lmasa (ziynatlanmasa), u hech narsaga arzimagusidir. Andoqkim debdular: “Ulug‘lik aql va donishlik biladur, gavhar va nasab bila bo‘lmas””.

Jamiyatda mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish jarayonlarining o‘rni katta. Chunki, bu jarayonlarda o‘quvchilarni bevosita tegishli mehnat ko‘nikmalarini egallash va ularni mustaqil qo‘llash bosqichini o‘taydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yo‘nalishi o‘ziga muvofiqroq ekanligi bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat ta’limi imkon qadar xilma-xil bo‘lishi hamda yuqorida ta’kidlagandek o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, shuningdek jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.

Oilada yosh avlodni tarbiyalashda, uning qobiliyat, iqtidor va istedodini rivojlantirishda ayol kishining o‘rni benihoyat katta. Umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchi qizlarni hayotga tarbiyalash, ularni kasb-hunar tanlashlariga imkoniyatlarni yaratish, ularga kasb-hunar haqida tushunchalarni yetkazish  va o‘z sevgan kasbini tanlashda hamda kelajakda tanlagan kasbi baxt keltirishini anglashda ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi.

  Qatnashuvchilar

Hududda davlat korxonalarida turli sohalarda, tadbirkorlik,  kashtachilik, do‘ppido‘zlik va kasanachilik,  o‘qituvchi, labarant va kutubxona faoliyati, harbiy qismlarda, harbiy bo‘limlarda,  qishloq xo‘jaligi sohalarida,  tibbiyot sohasida, yuridik sohalarda, moliya sohasida hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar taklif qilinadi.

Davra suhbatini o‘tkazish tartibi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11 sinfda o‘qiyotgan qiz bolalar  uchun “Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida  davra suhbati dars mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda o‘tkazishni rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11 sinfda o‘qiyotgan qiz bolalar  uchun “Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida  davra suhbatini o‘tkazish rejasi  mahallaning xotin-qizlar maslahatchisi bilan kelishgan holda davra suhbati ssenariysi tuziladi. Davra suhbatini o‘tkazish va mas’ullarni belgilash bo‘yicha maktab direktorining buyrug‘i chiqariladi.

    Davra suhbatini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar.

Davra suhbatini maktabning 5-11 sinfda o‘qiyotgan qiz bolalarni badiiy chiqishlari bilan boshlanadi.

Maktab direktori davra suhbatini kirish so‘zi bilan boshlab, 5-11 sinfda o‘qiyotgan qiz bolalarni kasb-tanlashlarida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, davra suhbati ishtirokchilariga muammoli “Farzandga bo‘lg‘usi kasbni tanlashga qay tarzda yordam bersa bo‘ladi?” savol bilan murojaat qilinadi.

Maktabning 7-9 sinfida o‘qiyotgan qiz bolalari o‘z navbatida kasbiy tushunchalar haqida davra suhbati ishtirokchilaridan o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlarni quyidagi chiqishlar bilan amalga oshirishlari lozim.

1-ko‘rinish

1-o‘quvchi qiz –Kasbiy maslahat nima?

2-o‘quvchi qiz- Kasbiy maslahat-kasbiy o‘zini-o‘zi anglashda beriladigan yordam.

3-o‘quvchi qiz- Men (Davra suhbatiga chorlangan kasb egalarining kasblaridan kelib chiqib) hamshira kasbiga qiziqishim bor, ammo bu kasb haqida men quyidagi tushunchalarga egaman.  Hamshira-bu shifokor faoliyatining barcha yo‘nalishlarida malakali yordamchisi.

2-o‘quvchi qiz- Hamshira qanday muhim kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim?

1-o‘quvchi qiz –Bu borada davra suhbati ishtirokchilariga murojaat qilsak?

Har bir kasb davra suhbatiga chorlangan kasb egalarining kasblaridan kelib chiqgan holda shu tartibda olib borilsa, kasblarning xususiyatlari va sifatlari haqida tushunchalarga ega bo‘libgina qolmay, kasbning mashaqqatlari haqida ham bilimlarga ega bo‘lishadi.

 

2-ko‘rinish

Sahna ko‘rinishida

5-11-sinfda o‘qiyotgan qiz bolalar bilan 10-15 daqiqalik badiiy-musiqali chiqish hamda sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.

Maktabni bitirgan ikki dugona mahallaning ko‘chasida uchrashib qolishadi.

-Salom Nigora

– Salom Umida

Nigina- Umida sog‘liklarining yaxshimi? Nima ishlar bilan bandsan.

Umida- Nima ham qilardim hozir uyda, kasb-hunar kollejida 3 yil umrimni o‘tkazamanmi-deb maktabning 10-11 sinfida tahsil oldim. Instutga hujjat topshirdim ammo kirolmadim. Hozir uyda. Sen nima ishlar bilan bandsan?

Nigina- hozirda o‘zimizning mahallamizdagi qishloq vrachlik punktida hamshira bo‘lib ishlamoqdaman. Maktab pisixologi Zubayda opaga hamda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi Zoxirakadan minnatdorman. Ularning maslahatlari bilan tumandagi kasb-hunar kollejining tibbiyot hamshirasi yo‘nalishini tamomladim. Ko‘rib turganingdek hamshira bo‘lib ishlab kelmoqdaman.

Umida- men ham vaqtida biror kasb-hunarni tanlasam bo‘lar ekan. Hozirda biror joyda ishlardim.

Nigina- birgina ishlash emas, hayotda juda asqotadi. Shuning uchun xalqimizda shunday naql bor “So‘ngi pushaymon o‘zinga dushman”

Ikkala qiz jo‘rligida  “Qiz bolaning kasbi – uning baxti”

 

3-ko‘rinish

“Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida  davra suhbatiga taklif qilinganlar tomonidan 7-9 sinfda o‘qiyotgan qiz bolalarga kasblar haqida savollar beriladi.

Sovollarga javob berishda faol ishtirok etgan o‘quvchilar taklif qilingan kasb egalari tomonidan rag‘batlantiriladi.

Davra suhbatida quyidagi muammoli savolarga e’tibor qaratish lozim.

Kasb-hunar tanlashda kimlar va qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

Oilada qiz bolani kasb-hunar tanlashida ota-onaning, mahalla, qo‘ni-qo‘shni, tengdoshlari va ommaviy axborot vositalarining o‘rni?

Jamiyat ehtiyojlari. Jamiyatga barcha kasb-hunarlar kerak, biroq qaysidir kasblarga talab ko‘proq, qaysigadir ehtiyoj kamroq bo‘ladi. U yoki bu kasb-hunarni tanlash jarayonida uning jamiyatdagi mavqe’ini bilish muhimroqmi?

Kasb-hunar tanlashda layoqat kerakmi?

Qiz bolaning mustaqil hayoti uchun ma’lum bir kasb-hunarni egallashda ishonchli pospon kim bo‘lishi mumkin?

Kasb obro‘si nima?

 

Davra suhbatidan kutilayotgan natijalar.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-11 sinf o‘qiyotgan qiz bolalarni kasb-hunar tanlashlariga qiziqishlarini oshirish hamda maktabdan tashqarida kasb-hunar tanlashlarida tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi omillar:

-mahalla

– ota-ona, qarindosh va qo‘ni-qo‘shnilar;

– ideal qahramon (o‘zi orzu qilgan qahramon)

– tengdoshlari;

– ommaviy axborot vositalari;

– hududiy mehnat bozori;

– yaqin korxonalar;

Bu jarayonda asosiy mas’uliyat umumiy o‘rta ta’lim maktabining pisixologi va kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisi va psixologi zimmasiga tushadi. Ular esa o‘z navbatida barcha ta’sir etuvchi omillar faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar, maktabda rahbariyat, sinf rahbari, defektolog, shifokor (hamshira), mehnat ta’limi o‘qituvchisi, fan o‘qituvchilari, bolalar yetakchisi, to‘garak rahbarlari, kutubxona mudirasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib borishga erishiladi.

 

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun yozma ishlar to’plami

Bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar uchun barcha fanlardan 5-, 6-, …