Tantanali qism

Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar kirib keladi.

  1. boshlovchi: Xazinamsan, taxtim o‘zingsan,

Qiyosi yo‘q baxtim o‘zingsan.

Yer yuzining jannati sensan,

Yaratganning san’ati sensan.

Jannatbog‘im, hazrat tog‘imsan,

Mehrobimsan, sajdagohimsan.

Sen onasan, muqaddas Vatan!

Yagonasan, muqaddas Vatan!

  • boshlovchi: Sen ulug‘ siymosan mangu barhayot,

Har yuzda aks etar, sen bergan hayot,

Sening o‘g‘il-qizing sengadir qanot,

Qalbda mehr bo‘lgan, jon O‘zbekiston!

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, qadrli ota- onalar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar va sevimli o‘quvchilar!

  1. boshlovchi: Bugun           mamlakatimizdagi barcha umumta’lim

maktablarida SO’NGGI QO’NG‘IROQ sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxonu onaxonlarimiz uchun chin ma’noda bayram.

  • boshlovchi: Shunday ekan, keling, ayni damda bugungi shodiyona sababchilari bo‘lgan BITIRUVCHI o‘quvchilarni davramizga taklif qilamiz.

(musiqa sadolari ostida bitiruvchi sinf o‘quvchilari kirib keladi.)

  1. boshlovchi: Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim senga,

Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

  • boshlovchi: Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,

Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

(O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi)

  1. boshlovchi: So‘nggi qo‘ng‘iroq…. Bu jumla har bir ko‘ngilda o‘zgacha jaranglaydi, ayniqsa bitiruvchilar qalbida.
  2. boshlovchi: Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar!

Tabriklash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori A.Xoliqulovga beramiz.

(maktab direktori tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘grisida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda ma’lumot beradi).

1-boshlovchi: Bitiruvchi o‘quvchilarimizni tabriklash uchun navbatni ko‘rgazmali sport mashqlarini bajarish uchun maktabimiz sportchilariga beramiz. Marhamat:

1-boshlovchi:         Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan

bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kucha.ytirit, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham muhim ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

2-boshlovchi:          Shu bois Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu muhim 5 ta tashabbus yoshlarimiz ta’lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi.

  1. boshlovchi:      Bu borada o‘quvchilarimizning yozgi ta’til davrini

mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabimizda va mahallalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

  • boshlovchi: Bugungi ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini ularga bersak.

(Tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi, MFY xodimi va h.k. Ular bitiruvchi o‘quvchilarni tabriklab, hududda 5 ta tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi)

  1. boshlovchi: Bugun shodlik bayrami, do‘stlar!

G‘am to‘lmasin dillarga biroq,

Kuzatgani sizlarni xandon,

Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq.

  • boshlovchi: O, qandayin beg‘ubor ovoz,

Orom berar bu dam dillar-chun.

Zo‘r tilagin sizga qo‘ng‘iroq,

Bildiradi olis yo‘llar-chun!

  1. boshlovchi: Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi?! Qarang, Ustozlar ham, o‘quvchilar ham har doimgidek emas, mening nazarimda. Ularning yuraklari shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli, ba’zan qiyin damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga shay bo‘lib turibdi.
  2. boshlovchi: Nimasini aytasiz, ularning porlab turgan ko‘zlariga qarab, har biringizning qalblaringiz baxt va shodlikka to‘lsin, yuragingiz o‘ti aslo o‘chmasin, insonning eng oliy tuyg‘ulari sizga hamroh bo‘lsin deb qolamiz.
  3. boshlovchi: Azizlar, keling, navbatni bitiruvchi o‘quvchilarimizga bersak. Marhamat!

(Sahnaga har bir sinfdan bitiruvchi o‘quvchilar chiqib o‘zlarining dil izhorlarini aytishadi va o‘zlari tayyorlagan kuy va raqslarini namoyish etishadi.)

  • boshlovchi: Aziz bitiruvchilar, sizlarni tabriklash uchun so‘zni hurmatli mehmonlarimiz (sobiq bitiruvchilardan vakil) ga beramiz. Marhamat!
  • boshlovchi: Azizlar, endi navbatni maktabimizning raqs to‘garagi ishtirokchilariga beramiz. Marhamat!
  • boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Tabriklash uchun so‘z 11 -“A” sinf

ota-onalariga. Marhamat!

1-boshlovchi: Ayni damda 2018-2019 o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda o‘zining namunali hulqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarni va ijodkor o‘qituvchilarni maktab ma’muriyati faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.

(Direktor va mehmonlar tomonidan yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar faxri yorliq bilan taqdirlanadi.)

  1. boshlovchi: Siz bizga berdingiz hech sinmas qanot,

Ilm-fan ko‘ksida tilab parvozlar.

Biz ta’zim qilamiz sizga umrbod,

Hamisha qadrli, aziz ustozlar!

  • boshlovchi: Qo‘llarim ko‘ksimda bu kez,

Sizgadir olqishim yurak so‘zlarim.

Otaday talabchan, onaday munis.

Hayot qadar qimmat siz ustozlarim.

  1. boshlovchi: Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz.
  2. boshlovchi: Yangrayver qo‘ng‘iroq, o‘chmasin sasing!

Jarangingdan ilhom olib yashaylik.

Bir dam ham tindirmay mag‘rur ovozing!

Kelajakka dadil qadam tashlaylik.

(Davraga so‘nggi so‘nggi qo‘ng‘iroqni chalish uchun 11-sinf o‘quvchisi va 1-sinf o‘quvchisi taklif etiladi.)

So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng bitiruvchilar “Ey, cholg‘uvchi qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘i sadolari ostida davraga chiqadilar.

Shu bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga yakun yasaladi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…