Mamlakatimizdagi  barcha  umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida 

2018-2019 o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini yuqori

saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilishingiz

tavsiya etiladi:

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini

joriy  yilning  25  may  kuni  ertalabki  soat  8:00  da  “Mening  maktabim  –

mening uyim” shiori ostida tashkil etish;

– tadbirni faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomiylikda

o‘tkazish (9-sinf o‘quvchilari bitiruvchi hisoblanmaydi);

–  “So‘nggi  qo‘ng‘iroq”  tadbirlarining  maktab  hovlisi,  bog‘ida  yoki  soya-

salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari

va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;

– bitiruvchi o‘quvchilarning maktab formasidan tashqari, turli liboslar

hamda lentalar taqib olishini oldini olish; 

–  tadbirlar  o‘tkaziladigan  joylarni  talab  darajasida  jihozlash,

gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika

xavfsizligi  qoidalariga  amal  qilgan  holda  o‘quvchilar  xavfsizligini

ta’minlash;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini

ta’minlash  maqsadida  joylardagi  mahalla  qo‘mitasi,  ota-onalar  va  huquqni

muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;

– maktab  rahbariyati  tomonidan  tadbir  ishtirokchilarini  tabriklash

jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan

keng  ko‘lamli  bunyodkorlik  ishlari,  ta’lim  tizimidagi  islohotlar  to‘g‘risida

aniq raqam va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish; 

– tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va

hamkor  tashkilotlar,  shuningdek,  o‘rnak  bo‘ladigan  maktabning  sobiq

bitiruvchilarini  taklif  etgan holda  ular  tomonidan bitiruvchilarga bayram

tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish; 

–  tadbirda  yil  davomida  namunali  xulq  va  a’lo  baholarga  o‘qib,  eng

yuqori  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishgan  iqtidorli  bitiruvchilarni

taqdirlash va rag‘batlantirish;

– “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari

va  yakuniy  davlat  attestatsiyalarini  o‘tkazishda,  ta’lim  muassasalarini

yangi  o‘quv  yiliga  tayyorlash  borasida  o‘quvchi  va  bitiruvchilar  hamda

ularning ota-onalaridan turli hil pul mablag‘lari yig‘ilishini qat’iyan

taqiqlanadi;

– umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalari  rahbarlari  hamda

o‘qituvchilarga  bitiruvchilar  tomonidan  turli  qimmatbaho  sovg‘alar

taqdim  etish,  qo‘shimcha  turli  tantanali  tadbirlarni  (xonadonlar,

restoran  yoki  qahvaxonalar  va  h.k.da  banket  yoki  boshqa  marosimlar)

o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi; 

– tabdirni tashkil etishda maktabning “Kuzatuv kengashi” a’zolari faol

ishtirok etishi bilan bir qatorda yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal

qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

5 yoshdan 15 yoshgacha bоlalar uchun mantiqiy masalalar

Alifbе sоtib оlishga Laylоning 7 tiyin, Ravshanning esa 1 tiyin puli еtmadi. Ular pullarin…