ONA TILI.
Ona tilim jon tilim,
Jumlalarga kon tilim,
O‘qib, o‘rganib har on,
Bo‘lamiz komil inson.

INGLIZ TILI.
Dunyoni ko‘ray desang,
Zo‘r olim bo‘lay desang,
O‘qib o‘rgan, xorib tol,
Chet tilini bilib ol.

TARIX
Buyuk kelajak uchun,
O‘qib, o‘rgan tunu kun,
O‘tmishingni angla, uq,
Tarixsiz kelajak yo‘q.

MATEMATIKA.
Fanlarning eng keksasi,
Qo‘shish, ayirish, kesmasi,
Kerak bo‘lar har onda,
Matematika zo‘r fanda.

ODOBNOMA.
Eng avvalo assalom,
Ota onaga salom,
Ustoz sizga ehtirom,
Odobim shirin kalom.

TABIAT.
Atrofga boq ey o‘rtoq,
Tog‘, adir, maysazor, qir,
Tabiatni asramoq,
Muqaddas burchimizdir.

JISMONIY TARBIYa.
Gar sog‘lom bo‘lay desang,
Quvvatga to‘lay desang,
Doimo mashq qilib tur,
Ertalab yugurib tur.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…