O‘zbekistonda sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy hamda mobil operatorlar tarmoqlari orqali ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborishni joriy qiladi;

2019 yil 1 noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish elektron axborot tizimini joriy etadi va ushbu loyihani moliyalashtirishni xususiy sektor investitsiyalari yoki davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tajriba-sinov natijasidan kelib chiqib, 2020 yil 1 martga kadar umumta’lim maktablarida davomatni nazorat qilishning yagona elektron tizimini bosqichma-bosqichma joriy etish orqali sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadida tegishli me’yoriy-huqukiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Xalk ta’limi vazirligi (Shermatov) 2020 yil 1 martga qadar ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirish va javobgarligini oshirish, shuningdek o‘qituvchi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish va tegishli jazo choralarini qo‘llash mexanizmlarini soddalashtirish maqsadida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan choralar ko‘radi.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

3-sinf O’qish fanidan yillik dars ishlanma 2-chorak 2019 .pdf

Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Kompetensiyaviyl…