Yurtimizda keng nishonlanadigan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda ba’zi sinflarning qo‘mita vakillari “o‘ta faollik” ko‘rsatmoqda. Ya’ni, o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklash maqsadida pul yig‘imlarini tashkil qilish natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib chiqarish holatlari uchramoqda.

Xalq ta’limi vazirligi 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarni o‘z istak, imkoniyatlaridan kelib chiqib, tabriklayotgan ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Lekin o‘qituvchilarni tabriklash natijasida ota-onalar noroziligi kelib chiqishi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bo‘lmasa, boshqa faol ota-onalar tomonidan majburlash yoki ular nomidan umumiy sovg‘a qilish bahonasida majburiy pul yig‘ish noto‘g‘ri.

Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barcha yig‘im turlariga chek qo‘yish kerakligini eslatib o‘tadi. O‘qituvchilarni xursand qilmoqchi bo‘lsak, bayramni haqiqiy ko‘tarinki ruhda nishonlaylik va hech kimni norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaylik!

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…