28-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Toshkentda boʻlib turgan Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti Cho Myong U bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi. Toshkent shahridagi Inha universiteti va Koreya Respublikasi Inha universiteti oʻrtasida “Royalti“ shartnomasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu shartnoma muddati joriy yilning avgust oyida tugagan edi. Shu bois Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov va Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti Cho Myong U yaqin besh yillik muddatga moʻljallangan hamkorlikning ikkinchi bosqichi toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq bakalavriat va magistratura boʻyicha yangi yoʻnalishlar ochilishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…