Davlat test markazi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarining aprobatsiyasini o’tkazishda davom etadi.

Endilikda talabgorlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlari namunalarini olishi va aprobatsiyada ishtirok etgan holda, o’z bilimlarini sinab ko’rishi mumkin.

Buning uchun http://aprobatsiya.dtm.uz/sayti orqali ro’yxatdan o’tiladi.

Ro’yxatdan o’tish juda sodda bo’lib, talabgorlar o’z shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish tili va variantlardan birini tanlashi hamda tasdiqlash kodini kiritishi talab etiladi.

Talabgorlarga ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biridan 15 tadan jami 45 ta test topshiriqlari va 1 soat vaqt beriladi.

Test topshiriqlarini ishlab, kerakli javoblar belgilangandan so’ng “Test sinovini tugatish” tugmasi bosilganda talabgorga qaysi fandan nechta to’g’ri javob topgani ko’rsatiladi.

Saytga o’zbek, rus va qoraqalpoq tillarining har biridan 2 tadan variant joylashtirilgan.

Onlayn aprobatsiya 10 kun davom etadi, ya’ni http://aprobatsiya.dtm.uz/ sayti 1-noyabrdan 10-noyabrgacha ochiq bo’ladi va talabgorlar internet orqali istalgan joydan mazkur saytga kirgan holda, test savollari bilan tanishishi va o’z bilimini sinab ko’rishi mumkin.

Davlat test markazi barcha talabgorlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

3-sinf O’qish fanidan yillik dars ishlanma 2-chorak 2019 .pdf

Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Kompetensiyaviyl…