#Savol
Biz, ***** tumani MMIBDO‘lari “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish va hujjatlarini tayyorlash yuzasidan bir to‘xtamga kelolmayapmiz chunki yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 19 iyundagi 175-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgani haqida eshitdik.
Lekin bu haqidagi buyruqni topolmadik. Tumanimiz xalq ta’limi bo‘limi ham topib berolmadi. Sizlardan iltimos shu masalaga oydinlik kiritib beringlar. Javob uchun rahmat.

#Javob
Sizlarga ushbu ma’lumot biroz noto‘g‘ri talqin qilgan holda yetkazilgan deb hisoblaymiz. Shuni bilib olish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 19 iyundagi 175-son qarori o‘z kuchini yo‘qotmagan.

Lekin, O‘z.Res VMning 2012 yil 19 iyundagi 175-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 7 fevral kungi 46-sonli buyrug‘iga asosan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlangan.

Shu bilan birga umumta’lim maktablari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik jamoat kengashlarining namunaviy tarkibi ham tasdiqlangan.

Shuning uchun barcha MMIBDO‘larga 2019-2020 o‘quv yilida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi faoliyatini shu yangi Nizomga muvofiq yuritishni tavsiya etamiz.

Umumta’lim muassasalari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini ham Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy tarkibda tuzish lozim.

Yangi nozomga muvofiq “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi quyidagicha belgilangan:

1. Umumta’lim maktabi direktori – jamoat kengashi raisi
2. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – jamoat kengashi hamraisi
3. Oilaviy poliklinika shifokori
4. Xududiy profilaktika inspektori
5. Mahalla fuqarolar yig‘inining Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi
6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
7. Maktab psixologi
8. Tajribali sinf rahbari
9. Kuzatuv kengashi raisi
10. Mahalladagi obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan otaxon / onaxon
11. Kotib (Yoshlar yetakchisi)

 

Manba: @dokument_Zamdirektor Telegram kanali

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

3-sinf O’qish fanidan yillik dars ishlanma 2-chorak 2019 .pdf

Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Kompetensiyaviyl…