#Savol
O‘qituvchilar haftada bir kun navbatchilik qilishlari shartmi?

#Javob
Ko‘plab obunachilarimizdan shunday mazmundagi savollar kelib tushayotganligi uchun ushbu savolga umumiy tarzda javob berishga qaror qildik.

Odatda o‘quvchilar va ishchi-xizmatchilarning hayot havfsizligini ta’minlash, maktab binosi va hududini qo‘riqlash, o‘quvchilarning tartib-intizomini va qavatlarda o‘zini tutishini nazorat qilish, o‘quvchilarni dars jarayonida besabab yurishlarini, dars jarayoniga o‘qituvchilar va o‘quvchilarni kechikib kelishlarini oldini olish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va to‘laqonli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida maktablarda direktorning buyrug‘i bilan navbatchilik tashkil etiladi.

Ho‘sh, unda navbatchilik qilishdan pedagog xodimlar bosh tortishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq barcha umumta’lim muassasalarining o‘z nizomi bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Nizom ta’lim tupi xususiyatlapi va ta’lim muassasasida kadplap tayyoplashning o‘ziga xos xususiyatlapi hisobga olingan holda ishlab chiqilib, umumta’lim maktablari uni tasdiqlash uchun belgilangan taptibga muvofiq o‘zgaptipish va qo‘shimchalap kipitish huquqiga ega.

Umumta’lim maktablarining nizomida esa pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlari, maktabda o‘zini qanday tutishi, formasi va boshqalar shu bilan birga maktab direktori va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiklangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo‘yicha navbatchilik kilishi ham belgilab qo‘yilgan.

Maktab nizomi ijpo etuvchi hokimiyat mahalliy opganlapida po‘yxatdan o‘tkazilib, hokim tomonidan tasdiqlanganligi uchun nizomda belgilab qo‘yilgan talablarga barcha xodimlar bo‘ysinishga majburdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

3-sinf O’qish fanidan yillik dars ishlanma 2-chorak 2019 .pdf

Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Kompetensiyaviyl…