#Savol
Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklarga MMIBDO‘ mas’ulmi yoki O‘TIBDO‘?

#Javob
Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklarga barcha rahbar xodimlar birdek mas’ul xisoblanadi.

Lekin, maktabda to‘garaklar va sport sektsiyalarining faoliyat yuritishini asosan MMIBDO‘ ta’minlashi lozim.

Endi ushbu savolga qonuniy asoslarni keltirgan holda to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 29 avgustdagi 282 son buyrug‘iga 1-ilova «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi muvaqqat Nizomga asosan MMIBDO‘ ta’lim muassasasida turli to‘garaklar va sport sektsiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishni tashkil etish maqsadida muhim tashabbuslar doirasida ta’lim muassasasida fan, sport, badiiy- estetik, san’at, texnik, ekologik, sayyohlik, o‘lkashunoslik va boshqa yo‘nalishlarda to‘garaklar, klublar faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘garaklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

O‘TIBDO‘ ta’lim muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini tashkil etishda, to‘garaklarning sifatli va o‘z vaqtida o‘tilishini nazorat qilishda MMIBDO‘ga ko‘maklashishi lozim.

Chunki, fan to‘garaklari pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasi tarkibida bo‘lganligi bois o‘tilgan to‘garaklarga ham oylik maosh xisoblanadi.
(ko‘pchilik o‘qituvchilar to‘garaklarga maosh to‘lanmaydi deb hisoblashi notug‘ridir)

MMIBDO‘ ta’lim muassasasida turli to‘garaklar va sport sektsiyalarining faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida to‘garaklar faoliyatini o‘rganishga, aniqlangan kamchilaklar yuzasidan maktab direktori va O‘TIBDO‘ga bildirish xati bilan murojaat qilishi mumkin.

Agar fan o‘qituvchilari tomonidan to‘garak hujjatlari to‘g‘ri yuritilmagan yoxud o‘z vaqtida o‘tilmaganligi holatlari aniqlansa O‘TIBDO‘ fan o‘qituvchisining oylik maoshidan ma’lum bir qismini ushlab qolish haqida hisobchiga xabar berishi lozim.

To‘garak mashg‘ulotlar jurnali moliyaviy davlat hujjati hisoblanadi va muassasa arxivida saqlanadi. O‘tilmagan to‘garak mashg‘ulotlari uchun ham oylik maosh yozib berilishi noqonuniy xatti-harakat deb baholanadi va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. To‘garak moliyaviy davlat hujjati xisoblanganligi bois ushbu jixatlariga O‘TIBDO‘ javobgar xisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Tavsiya qilamiz

3-sinf O’qish fanidan yillik dars ishlanma 2-chorak 2019 .pdf

Dars ishlanma haqida umumiy ma’lumot Sinfi Fan nomi Hajmi Sahifasi Namuna Kompetensiyaviyl…