Bugun, 7 noyabr kuni, Xalq ta’limi vazirligi binosida tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, keyingi rejalar va sohaga oid boshqa masalalarga bag‘ishlangan press-brifing o‘tkazildi.

Anjumanda tizimdagi yangiliklar bilan bir qatorda yig‘ilib qolgan muammolar ham o‘zaro muhokama etildi. Jumladan, Sherzod Shermatov o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirishning ahamiyati, shuningdek, tarbiyada madhiyaning o‘rni haqida fikr bildirdi.

«Madhiyani to‘liq biladiganlar oramizda juda kam. Ko‘plab tadbirlarga borganimda madhiyamiz yangraydi. Shunda atrofni kuzataman. Afsuski, ozchilik insonlar madhiyani ayta oladi. Madhiyadan or qilish kerakmas, g‘ururlanish lozim. Gap madhiyada emas. Asosiy masala tarbiyaga borib taqaladi. Farzandlarimizni kelajakda tarbiyali qilib yetishtirishimiz kerak. 25 yil davomida tarbiya chekkada qolib ketdi. O‘qituvchilar paxta terdi, qurilishga bordi. Shuning natijasida yetishib chiqqan avlod o‘z farzandlarini tarbiya qilishini kutyapmiz. Bolalarga maktabda ham tarbiya berishni kuchaytirishimiz lozim.

Agar maktabda ma’naviyat darslari o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarganida hozirgi ahvolga kelib qolmasdik. Bu yo‘nalishda ta’lim berishda bo‘shliqlar ko‘p, yangicha yondashuvlarni qo‘llaydigan ekspertlarga muhtojmiz. Ularni qayerdan topamiz? Albatta, o‘zimiz jalb qilishimiz kerak, xorijdan keltirmaymiz-ku? Ko‘pchilik madhiyani yomonlayapti. Mayli, aytishmasin. Shu bilan farzandimiz tarbiyali, vatanparvar bo‘lib qoladimi? Vatanparvarlik ko‘rsatkichlari bolalarimizda ancha past. Xo‘sh, nima qilish kerak? Vaziyat yomon ekanligini hammamiz bilamiz. Bizga holatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam beradigan takliflar, zamonaviy tarbiyani o‘qitadigan ekspertlar kerak. Chetdan turib salbiy fikr bildirish oson. Jarayonni yaxshilashga hissa qo‘shish esa boshqa masala», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida II chorakdan boshlab dars va mashg‘ulotlar davlat madhiyasini kuylashdan boshlanishi haqidagi xabardan keyin ijtimoiy tarmoqda turli e’tirozlar bildirilgandi.

Manba: kun.uz

Sharhlar yopiq.

Tavsiya qilamiz

«Madhiyani kuylaylik» nomli madhiya tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,                         Ma’noga, mazmung…